Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Ulug‘bek Rahimov o‘tgan yil oxirida vafot etgan Avazbek Ergashev o‘rnini egalladi.
Foto: Andijon viloyati hokimligi
Ulug‘bek Odashevich Rahimov Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ulug‘bek Rahimov 1971 yili Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. Namangan sanoat-texnologiya instituti va prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan.
Xizmat faoliyatini 1994 yili O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Paxtaobod tumani qo‘mitasida boshlagan. 2000 yildan shu kunga qadar qishloq xo‘jaligi sohasining turli yo‘nalishlarida ishlab kelgan.
Tayinlovga qadar Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri edi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil aprelidan buyon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Avazbek Ergashev 2024 yil dekabrida, 58 yoshida vafot etgandi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.12.2025
Yunusobod va Sergeli tumanlariga yangi hokim tayinlandi
18:59 / 17.12.2025
Abdug‘ani Sanginov “O‘zbekneftgaz” raisi etib tayinlandi
21:37 / 13.12.2025
Andijonda 80ta yangi avlod elektrobuslari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi
08:47 / 10.12.2025