Rossiyada internet tarmog‘ida katta uzilish kuzatildi
Butun Rossiya bo‘ylab brauzerlar, videoxostinglar va messenjerlar ochilmadi. Bu oxirgi 10 kun ichida Runet ishidagi ikkinchi uzilishdir. Avvalgisi 6 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Roskomnadzor bu muammolarga hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirdi.
14 yanvar, seshanba kuni Rossiyada internet tarmog‘ida katta uzilish yuz berdi. Rossiyaning barcha yirik mobil va statsionar internet operatorlari, xususan, «Bilayn», «Megafon», Ms, «Rostelekom» va Tele 2 da trafik muammolari kuzatildi. Mamlakatning turli mintaqalaridagi foydalanuvchilar brauzerlar, videoxosting xizmatlari, qidiruv tizimlari, bank servislari va messenjerlarni ochishda muammolarga duch keldi. Boshqa narsalar qatorida Telegram, TikTok, Google, YouTube, Steam va Twitch ochilmadi. Shu bilan birga, ru/rf domeniga ega saytlar uzluksiz yuklanmoqda, deya xabar beradi Rossiya domenlarini muvofiqlashtirish markazi. Telegram va "Vkontakte" ijtimoiy tarmoqlari ham ishlashda davom etdi, deb yozadi E1 nashri.
Roskomnadzor uzilishga aloqador emasligini bildirdi
Roskomnadzor (RKN) keng ko‘lamli nosozlikni tasdiqladi va RKNning bunga aloqasi yo‘qligini ta’kidladi. «Barcha operatorlar bo‘yicha nosozliklar qayd etilmoqda, nosozlik sabablari aniqlanmoqda», — deyiladi idora matbuot xizmati xabarida.
Taxminan yarim soat o‘tgach, servislar ishi tiklana boshladi va bir soatdan keyin Roskomnadzor Tarmoq qayta tiklanganini e’lon qildi. «Ulanishda qisqa muddatli uzilish aniqlandi. Kommunikatsiyalar tarmog‘ini monitoring qilish va boshqarish markazi navbatchilik xizmatlari tomonidan tarmoqning ishlashi zudlik bilan tiklandi», — deyiladi xabarda.
Yil boshidan beri ikkinchi nosozlik
Yekaterinburgdagi NetAngels xostingi direktori Anton Xoliqovning fikricha, nosozlik «TQTV (tahdidlarga qarshi turishning texnik vositalari)ga yangilanishning noto‘g‘ri yuklab olinishi» bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. «Yangilanish barcha provayderlarga yetib kelmagan yoki u barcha provayderlarga yetib borguncha to‘xtatilgan bo‘lishi mumkin», — deya uning so‘zlarini keltiradi E1. Bu fikrni sohaning boshqa bir qator mutaxassislari ham qo‘llab-quvvatlamoqda.
Bu Rossiyada 2025 yil boshidan beri internet ishida ikkinchi yirik uzilishdir. Bunday uzilish bu yil birinchi marta 6 yanvar kuni kuzatilgan. O‘shanda foydalanuvchilar onlayn o‘yinlar, striming servislari, bank ilovalari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va brauzerlarda muammolarga duch kelgan. Shikoyatlar asosan Ms abonentlaridan kelgan. Roskomnadzor nosozlikka aloqa operatorlaridan birining magistral tarmog‘idagi avariya sabab bo‘lganini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi davlat idoralarida har juma «Milliy liboslar kuni» o‘tkaziladi
Jamiyat | 16:18
-
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46
-
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
Jahon | 15:12
-
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida
Jahon | 15:06
Mavzuga oid
02:51 / 17.01.2025
Putin zaxiradagi fuqarolarni yig‘inlarga chaqirishga oid farmonni imzoladi
15:20 / 16.01.2025
Rossiya elchisi Kiselevning gapi tufayli Armaniston TIVga chaqirildi
14:07 / 16.01.2025
Rossiya va Ukraina «25 ga 25» formulasi bo‘yicha asirlar almashdi
13:27 / 16.01.2025