Hindistonda Armiya kuni munosabati bilan tantanali harbiy parad ötkazildi. Paradning eng diqqatga sazovor qismi robot itlar rotasi böldi, deb yozmoqda Times of India.
ARCV MULE yöltanlamas robotlar qurollar, tungi köriş kameralari, teplovizorlar hamda dronlarni taşiy oladi. Ular zinapoyalar va boşqa qiyaliklarda bemalol harakatlanadi. Robotlar ob-havoning ekstremal özgarişlariga çidamli. Hind armiyasi ulardan köpinça razvedka va sapyorlik missiyalarida foydalanmoqda.
Paraddan e’lon qilingan videoda operatorlar boşqaruvi ostida bir tekis yurayotgan robot-askarlar körsatilgan. Robotlaştirilgan itlar “otjimaniya” maşqini ham bajara oladi.
Hindiston 2024 yilning iyun oyida taxminan 100 ta şunday robotni qabul qilgan. Armiyada ularni xaçir deb ataşadi.
Avvalroq xitoylik olimlar sun’iy idrok asosida avtonom işlay oladigan birinçi qutqaruvçi robotni yaratgandi. Robot sun’iy idrok asosida işlaydi, u inson aralaşuvisiz keça-yu kunduz navbatçilik qilişi mumkin.







