Xitoylik olimlar sun’iy idrok asosida avtonom işlay oladigan birinçi qutqaruvçi robotni yaratdi. Apparat Loyana şahridagi Loxe daryosida sinovdan ötkazildi, şundan söng doimiy patrullikni boşladi, deb xabar bermoqda South China Morning Post
Robot katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta işlay oladigan sun’iy idrok tizimi tomonidan boşqariladi. Bundan taşqari, u insonning nazoratisiz keça-yu kunduz işlaş imkonini beruvçi navigatsiya va kuzatuv texnologiyalari bilan jihozlangan.
Xitoy ilmiy akademiyasi vakillari aytişiça, qurilma vaziyatni tahlil qilib, insonning nima sababdan suvga tuşganini va unga yordam kerak yoki yöqligini aniqlaş imkoniyatiga ega. Robotning qutqaruv jihozlari maxsus qalqima va manipulyator-qöldan iborat. Ular yordamida apparat mustaqil ravişda bortga ilaşa olmagan jabrlanuvçini suvdan çiqarib olişi mumkin.
Mutaxassislar ta’kidlaşiça, odam çökayotganda ovoz çiqarmasligi mumkin, qutqariş uçun hal qiluvçi vaqt esa taxminan beş daqiqani taşkil etadi. Voqea joyiga odamlardan tezroq yetib bora oladigan patrul robot hayotni saqlab qolişda muhim ahamiyat kasb etişi mumkin.
Avval AQŞning Texas ştatida maxsus xizmatlar roboti politsiyaga böysunmagan erkakni qalampirli gaz bilan kiberzararsizlantirib, uni qölga olişga yordam bergandi.







