Hozirda mamlakat aholisi 1,4 milliard kişini taşkil etmoqda. Şu bilan birga yangi tuğilgan çaqaloqlar soni 520 ming kişiga oşib, 9,54 millionga yetgan. 2024 yilda tuğiliş darajasi har ming kişiga 6,8 ni taşkil etgan — bu 2023 yilga nisbatan 0,38 ga köp demak.

Ötgan yil davomida şaharlar aholisi 1,1 foizga oşgan (943,5 million kişi). 464,8 ming fuqaro esa qişloq joylarda istiqomat qilmoqda — bu undan oldingi yilga nisbatan 2,5 foizga kam.

Xitoyliklar soni 2022 yildan qisqarişni boşlagan. Öşanda ularning soni 850 ming kişiga, 2023 yilda esa 2,08 million kişiga kamaygan. XXRda erkaklar soni 719 millionni, ayollar esa 689 millionni taşkil etmoqda. Aholining 60,9 foizi 16 yoşdan 69 yoşgaça bölgan fuqarolardir.

Avvalroq Xitoyda 2024 yilda röyxatdan ötkaziladigan yangi nikohlar soni uşbu hisobni yuritiş boşlanganidan beri eng past körsatkiçga tuşib ketişi töğrisida xabar berilgandi. Fuqarolik işlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, 2024 yilning birinçi çoragida Xitoyda 4,74 million juftlik nikohdan ötgan, bu ötgan yilning mos davrida oila qurganlarga nisbatan 16,6 foizga kam.

Şuningdek, Xitoy yolğiz insonlarni oila qurişga, oilalarni esa bittadan köp farzand körişga undaş maqsadida tuğilişni rağbatlantiriş kampaniyasini kengaytirgan. Rağbatlantiriş tadbirlari mahalliy va milliy darajada amalga oşirilmoqda.