20 yanvar kuni AOKAda bölib ötgan brifingda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi axborot xizmati rahbari Şerzod Saparov 2024 yil Özbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2024 yilda jami 6 ming 898 nafar şaxs tomonidan 5 ming 716 ta jinoyat sodir etilgan. 2023 yilga nisbatan korrupsiyaga oid jinoyatlar «Hududgazta’minot» AJ, Suv xöjaligi, mahalliy hokimliklar hamda bank sohasida kamaygan. Oliy ta’lim, transport hamda qişloq xöjaligi sohalarida esa oşgan. Maktabgaça va maktab ta’limi, soğliqni saqlaş, kambağallikni qisqartiriş va bandlik sohalarida korrupsiyaga oid jinoyatlar salmoği yuqoriligiça saqlanib qolmoqda.
Xususan, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tizimida 2024 yilda 309 ta korrupsiyaga oid jinoyatlar hokim yordamçilari faoliyati bilan boğliq holda sodir etilgan.
Hududlar kesimida korrupsiyaga oid jinoyatlar Toşkent viloyatida, Toşkent şahrida va Samarqand viloyatida eng köp sodir etilgan. Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida korrupsiyaviy jinoyatlar kam sodir etilgan.
Şuningdek, agentlikka 2024 yil davomida jami 4 176 ta murojaat kelib tuşgan bölib, ularni körib çiqiş natijalari böyiça tegişli vazirlik va idoralarga, viloyat mahalliy hokimliklariga 55 ta sörovnoma yuborilgan. Qonunbuzilişi holatlarini bartaraf etiş yuzasidan 41 ta taqdimnoma kiritilgan, 7 nafar şaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, şundan 1 nafari bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan, 19 ta qabul qilingan qarorlar bekor etilgan, 6 ta jinoyat işi, 10 ta ma’muriy iş qözğatilgan va mavjud xato-kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari körilgan.
Korrupsionerlarning 80 foizi qamalmagan, Andijon antireytingda birinçi örinda — milliy ma’ruza
Agentlikka köra, 327 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkazilib, natijalariga köra 327 ta loyihaning 71 foizida yoki 233 tasida 676 ta korrupsiyani keltirib çiqaruvçi omillar aniqlandi







