Janubiy Koreya Korrupsiyaga qarşi tergov boşqarmasi (CIO) hokimiyatdan çetlatilgan prezident Yun Sok Yol işiga oid materiallarni prokurorlarga topşirdi, deb xabar beradi Reuters.

Qayd etilişiça, bu kabi qaror tergov samaradorligini oşiriş maqsadida qabul qilingan. CIO materiallarga ilova qilingan xulosasida Yun Sok Yolga isyon va hokimiyatni suiiste’mol qiliş töğrisidagi ayblovlarni qöygan.

CIO boşliği örinbosari Li Çje Sinning ma’lum qilişiça, şu orqali tergovdagi samaradorlikni oşirişga erişiladi. «Gumonlanuvçi isyon taşkillaştiriş kabi jiddiy ayblovda gumonlanayotgan bölsa-da, u hozirga qadar hamkorlikdan boş tortmoqda, iş jarayonidagi savollarga javob bermayapti va söroqlarda qatnaşişdan boş tortyapti», — deydi Li Çje Sin. Yun Sok Yolning advokati öz mijozining söroqda iştirok etmayotganini soğliğidagi muammolar bilan boğlagan.

Janubiy Koreya parlamenti 14 dekabr kuni Yun Sok Yolni hokimiyatdan çetlatgan. Bunga davlat rahbari tomonidan 3 dekabr kuni siyosiy raqiblarga qarşi kuraşiş maqsadida e’lon qilingan harbiy holat sabab böldi. Yunning qarori jamoatçilik noroziligiga sabab böldi va parlament harbiy holatni tezda bekor qildi.

18 yanvar kuni sud Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilgani uçun hokimiyatdan çetlatilgan prezident Yun Sok Yolni rasman hibsga oliş uçun order bergandi. Tergovçilar endi Yun Sok Yolni 20 kungaça hibsda uşlay oladi, bunda uning 15 yanvar kuni Seuldagi qarorgohda uşlanganidan keyingi muddati ham hisoblanadi.