Toşkent şahri Şayxontohur tumanidagi 59-maktabning 11-sinf öquvçisida sil kasalligi aniqlangan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lum qildi.
Öquvçi qiz 2024 yil 26 dekabrda Toşkent şahar 3-sonli ftiziatriya dispanseriga murojaat qilgan.
“Bemor opasining sözlariga köra, singlisi sönggi oylarda tez-tez betob bölgan. Davolaniş uçun faqat xususiy klinikaga murojaat qilgan. Oxirgi marta LOR-şifokor körigidan keyin 3-son ftiziatriya dispanseriga yuborilgan”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Aniqlanişiça, dispanserda ötkazilgan rentgenografiya tekşiruvida qizga “Öng öpka yuqori bölagi yalliğlangan sili, yemiriliş davri, BK +” taşxisi qöyilgan va u Toşkent şahar bolalar sil kasalliklari şifoxonasiga yotqizilgan.
Vazirlik öquvçi qiz bilan uyda muloqotda bölgan 6 kişi (2 nafari 6 yoşgaça bolalar) 2024 yil 27 dekabrda 3-son ftiziatriya dispanserida rentgen tekşiruvidan ötkazilgani va ularda faol sil kasalligi aniqlanmaganini ma’lum qilgan.
Bemor bilan muloqotda bölgan va kasallik yuqtiriş xavfi mavjud 59- maktabning, şuningdek, bemor qöşimça darsga qatnagan xususiy öquv maktab öquvçilari va öqituvçilari Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi Toşkent şahar boşqarmasi nazorati ostida 3-son ftiziatriya dispanserida rentgenografiya va diaskin test tekşiruvlaridan ötkazilgan.
Tekşiruvlarda qizning yaqin dugonasi bölgan sinfdoşida ham sil aniqlanib, şifoxonaga yotqizilgan. Bundan taşqari, 3 nafar öquvçi va 1 nafar öqituvçida kasallikka moyillik aniqlangani sababli profilaktik davo muolajalari boşlangan.
Holat böyiça 59-maktab direktoriga nisbatan Sanepid Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Ma’lumot uçun, hozir 59-maktabda kapital rekonstruksiya işlari olib borilayotgani sabab bu maktabning boşlanğiç sinf öquvçilari 115-umumta’lim maktabida, yuqori sinf öquvçilari esa tumandagi 82-sonli umumta’lim maktabida öqişni davom ettiryapti.
SSVga köra, 2025 yilning 21 yanvarida 82-sonli umumta’lim maktabida takroriy zararsizlantiriş va dimlaş tadbirlari, 2025 yil 22 yanvar kuni esa yalpi tozalaş va şamollatiş tadbirlari ötkazilgan. 115-maktabda esa zararsizlantiriş 23 yanvarida taşkil qilingan.








