Respublikadagi 22 ta silga moyil va skolioz bölgan bolalar uçun sanatoriy turidagi maktab-internatlar yopilib, örnida umumta’lim maktablari taşkil etilişi mumkin. Kun.uz suhbatlaşgan ftiziatr, ota-onalar va sanatoriylar direktorlari mas’ullarning bu boradagi rejalaridan xavotir bildirdi.

“Nima qilişni bilmayapmiz”

Silga moyil va skolioz öquvçilarning 22ta maxsus sanatoriy turidagi maktab-internatlariga qabul töxtatilgan. Ularning ota-onalari farzandi keyingi yil qayerda öqişini bilolmay sarson bölyapti.

Toşkent viloyati Böka tumanida yaşaydigan Dilafruz Mikkiyevaning farzandlari Hasan va Zuhra Çinoz tumanidagi Sil va nafas oliş organlari surunkali kasalliklari xavfi bölgan bolalar guruhi uçun sanatoriy turidagi ixtisoslaştirilgan 4-sonli maktab-internatida ta’lim olardi. 2024 yilning mart oyida unga farzandlarini maktabdan olişi kerakligi aytilgan. Lekin oilada sil kasali bölgani va bolalarga qaraşga oilaning kuçi yetmayotgani uçun ular bu maktabga muhtoj.

“Hozir nima qilişni bilmayapmiz. Maktab bolalar qabuli töxtatilganini aytyapti. Biz esa ularni keyingi yil qayerda öqitamiz?” – deydi Madina Musayeva.

Çinoz tumanidagi maktab internat vakili Iftixor Aşrafning aytişiça, maktabga qabulni davom ettiriş böyiça ota-onalardan murojaat kelib tuşyapti.

“Oçiği qaysi asosga köra maktabda qabul töxtatilganini bilmaymiz. 2023-2024 öquv yilida 93 nafar bola öqidi. Şundan 54 nafari soğlomlaştirilib, maktab-internatdan çiqarildi. Hozirgi vaqtda 39 nafar öquvçi maktab-internati hisobida qolgan. Keyingi yil qabuli uçun ota-onalardan talab kelib tuşyapti. Lekin vazirlik bunga ruxsat bermayapti”, – dedi u.

Vazirlik nega ruxsat bermayapti?

Har yili may-iyun oylaridan boşlab sanatoriy turidagi maktab internatlarga yöllanma asosida bolalarni röyxatga oliş boşlanadi. Lekin bu yil qabul taşkil etilmagan.

Kun.uz holatga oydinlik kiritiş uçun Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi bilan boğlandi. Vazirlik tegişli hujjat asosida maktablarda tekşiriş ötkazilgani va respublikadagi 22 ta maktab sanatoriylar umumta’lim maktablariga aylantirilişini ma’lum qildi.