Uçtepa tumani mahallalaridan biridagi hokim yordamçisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan şaxs huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda 30 ming dollar bilan qölga olindi. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanayotgan davlat xizmatçisiga jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudining ajrimi bilan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.
Ma’lum bölişiça, hokim yordamçisi tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroga 30 ming dollar evaziga tuman hududida 4 ta savdo dökoni qurişi uçun yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali jami 210 kvadrat metr yer maydonini auksion savdolarida yutib, nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan.
Ismi şarifi va mahallasi yaşirilayotgan hokim yordamçisi kim?
Rasmiy axborotda muqaddam uç karra sudlanib ham davlat işida işlab yurgan şaxsning ism-şarifi ham, u işlayotgan mahalla fuqarolar yiğini nomi ham körsatilmagan.
Kun.uz öz manbalariga tayanib bu şaxs kim ekanini aniqladi. U Uçtepa tumanidagi «Degrez» mahalla fuqarolar yiğinida hokim yordamçisi bölgan, 1987 yilda tuğilgan Baxtiyor Doniyoroviç Badalov böladi.
Oçiq manbalarda Baxtiyor Badalovning avval qayerda işlagani haqida ma’lumot topib bölmaydi.
Kun.uz qölga kiritgan ma’lumotlardan körinişiça, Badalov bugungaça Jinoyat kodeksining 167, 168, 205 va boşqa moddalari bilan 3 marotaba sudlangan.
1-sudlaniş – 13 yilga qamoq
Badalov ilk bor 2011 yil 8 iyul kuni Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining hukmi bilan 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Öşanda ham u Jinoyat kodeksining mansabdorlik bilan boğliq jinoyatlari, xususan, firibgarlik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş, mansab soxtakorligi, hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş bilan aybli deb topilgan. Şu hukm bilan u 3 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarda işlaş huquqidan ham mahrum etilgan.











