BORNMUT – NOTTINGeM FOReST (25 yanvar, 20:00)

Normal dunyoda biz bu jamoalarning özaro öyinini faqat mavsum oxirida, masalan, ligada qoliş uçun muhim bahs sifatida taqdim etişimiz mumkin edi xolos. Ötgan mavsumda «örmonçilar» APLda qoliş uçun kuraş olib borgan, ikki yil oldin esa umuman har ikkisi özaro mana şu maqsad uçun raqobat qilgandilar. Uni qöying, atigi uç yil oldin bu jamoalar Çempionşipda kuç sinaşgandilar. Bu safar esa hammasi boşqaça, «Nottinghem» oçkolar böyiça turnir jadvalida ikkinçi örinda borayotgan bölsa, «Bornmut» ham uzoqda emas, kuçli törtlikdan atigi 3 oçko ajratib turibdi xolos. Nisbatan olganda u qadar katta imkoniyatga ega bölmagan klublarning APL da bu qadar oldinlab ketganlari albatta, aqlli boşqaruv va murabbiyning mehnati bilan sodir bölyapti, deyiş mumkin.

Odatda, tarkib jihatidan örtamiyona bölgan klublarning yuqorida yurişi ma’lum bilar ssenariy ostida keçadi – himoyada mustahkam turib, qarşi hujumlar orqali natijaga erişiş mumkin. Ammo aynan bu mavsumdagi köpgina jamoalar haqida gap borganda, özining taniş uslubi, öziga xos jihatlarini payqaş qiyin emas. «Nottinghem» köproq öşa ana’anaviy ingliz klublari kabi tezkor qarşi hujumlar, himoyada tajovuzkor öyinga asoslangan bölsa, «Bornmut»ni bemalol pressing-maşina deyiş mumkin. Iraola şogirdlarining ayniqsa, top-jamoalarga qarşi öyinlari tahsinga sazovor – Mançester klublari, «Arsenal» va «Tottenhem» mağlub etildi. Sönggi turda esa hatto tajovuzkor «Nyukasl» öz maydonida öz uslubida tor-mor etildi - 4:1.

Şu bilan birga ayni damda ham har ikki jamoa juda yaxşi sport formasida ekanini ham ta’kidlaş kerak. «Nottinghem» oxirgi 9 öyinda 8 ğalaba va bir marta «Liverpul» bilan durangga erişdi. «Bornmut»ning mağlubiyatsiz seriyasi esa 11 uçraşuvga yetgan. Albatta, uşbu öyinni ötkazib yuboriş mumkin emas.

Şu örinda Iraolaga tan beriş uçun yana bir sabab şuki, «Bornmut» mana şunday natijalarga tarkibda 10 futbolçi jarohat tufayli yordam bera olmayotgan paytda röy bermoqda. Teverniye, Smit, Xill, Arauxo, Senesi, Evanilson, Unal, Sinisterra kabi futbolçilar turli darajadagi jarohatlar tufayli, sönggi öyinlarni ötkazib yubordilar va uşbu öyinda ham şeriklariga yordam bera olişmaydi. Mehmonlar safida esa Kallum Xadson-Odoining maydonga tuşişi söroq ostida. U ötgan turda kiçik jarohat tufayli birinçi taymdayoq maydonni tark etgandi.

Birinçi davradagi uçraşuv, şuningdek, ötgan mavsumda Bormuntda keçgan öyinda ham bir xil – 1:1 hisobi qayd etilgandi.

ATLeTIKO – VILYaRReAL (25 yanvar, 20:15)

Ötgan turda «Leganes» «Atletiko»ning 15 öyindan iborat ğalabali seriyasiga çek qöydi. Umuman «Leganes» xavfli raqib ekani, ular hatto «Barselona»ni ham safarda mağlub etganini yaxşi eslaymiz. Ammo bu safar madridliklardan çinakamiga omad yuz ögirdi ham. «Atletiko» şu öyinning özida beşta öta xavfli vaziyatni golga aylantira olmadi. Yuqorida eslangan seriyadagi ğalabalar içida çinakamiga omad kulib boqqanlari ham borligini inobatga olsak, mantiqan hammasi töğri böldi deyiş ham mumkin. Şunisi aniqki, «Atletiko» hali ham çempionlik poygasida va «Real»dan atigi 2 oçko ortda bormoqda xolos.