Germaniyalik muhandis Ryudiger Kox Panama sohillaridagi maxsus kapsula içida 120 kun yaşab, suv ostida eng köp qolgan inson sifatida yangi rekord örnatdi, deb xabar beradi The Guardian.
Qayd etilişiça, erkak yaşagan 30 metr kvadratli kapsula 11 metr çuqurlikda bölgan va barça zamonaviy qulayliklar bilan jihozlangan, jumladan, u yerga karovat, hojatxona, televizor, kompyuter örnatilgan. Şuningdek, kapsulaga internet ham tortilgan, hatto trenajyorda maşq qiliş şaroiti ta’minlangan.
Kapsula uçun elektr energiyasi quyoş batareyalari yordamida işlab çiqarilgan, ammo zaxira generatori ham bölgan. Agentlik ma’lumotlariga köra, Koxning suvosti kapsulasi oziq-ovqat mahsulotlari uzatib turilgan suvosti xonasi bilan boğlangan. Taşrif buyuruvçilar, jumladan, şifokorlar ham uşbu xonadan foydalangan.
Kox suv ostida 100 kun yaşagan amerikalik Jozef Diturining rekordini yangiladi. Yangi rekord darhol Ginnesning rekordlar kitobi vakillari tomonidan qayd etilgan.
Ma’lum qilinişiça, Kox — Jyul Vernning «Suv ostida 80 ming kilometr» romani personaji kapitan Nemoning muxlisi hisoblanadi. U suv ostida ham kitobni qölidan qöymagan. Rekordçining sözlariga köra, şu orqali muhandis insonlar suv ostida yaşay olişini isbotlamoqçi bölgan.








