Farmonda qayd etilişiça, uşbu unvon davlat organlaridagi köp yillik samarali mehnati, Özbekiston mustaqilligini mustahkamlaş, mamlakatda sud-huquq tizimini rivojlantiriş, sohada islohotlarni çuqurlaştiriş, jamiyatda qonuniylikni ta’minlaş, adolatni qaror toptiriş orqali inson qadr-qimmatini uluğlaş, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilişga qöşgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş, yoş avlodni vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol iştiroki hamda tavalludining 90 yilligi munosabati bilan berildi.

Özbekistonda xizmat körsatgan huquqşunos Ubaydulla Mingboyev Sudyalar assotsiatsiyasi raisi bölib, uşbu lavozimga 2022 yilning noyabrida qayta saylangandi.

Özbekiston sudyalari assotsiatsiyasi sudyalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, sud hokimiyatining nufuzini oşirişga xizmat qiladi.