Ispaniya taşqi işlar vaziri Xose Manuel Albares mamlakatning Belgiyadagi elçisi Alberto Antonni Madridda ötkazilgan diplomatik konferensiya vaqtida mudrab qolgani uçun işdan böşatdi.
Igeteo naşrining yozişiça, Alberta Antonning közi ilingan vaqtda vazir çiqiş qilayotgan bölgan. TIV rahbarining nutqi bir soat davom etgan, diplomatning mudrab ötirgani esa telekameraga tuşib qolgan.
«Uxlayotgan elçi tadbirni yozib olayotgan operator obektiviga tuşib qoldi, şundan keyin esnayotgan va mudrab ötirgan Alberto Antonning qisqa roliklari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi», — deyiladi xabarda.
Naşrning qayd etişiça, Ispaniyada Albaresni işga bölgan qattiq talabi sabab «kiçik Napoleon» deb ataşadi. U iş faoliyatida turli xatoliklarga yöl qöygan yoki Madrid siyosatiga zid işlarni amalga oşirgan kamida yetti nafar amaldorni işdan böşatgan.
Eslatib ötamiz, 2017 yilda AQŞ savdo vaziri Uilbur Ross prezident Donald Tramp Ar-Riyodda bölib ötgan arab mamlakatlari yetakçilari sammitida nutq sözlayotgan vaqtda uxlab qolayozgandi.








