Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Amerikalik keksa vazir Tramp nutq so‘zlayotgan vaqtda uxlab qoldi
AQSh savdo vaziri Uilbur Ross prezident Donald Tramp Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan arab mamlakatlari yetakchilari sammitida nutq so‘zlayotgan vaqtda uxlab qolayozgan. Bu haqda Times of Oman nashrida yozilgan.
Trampning nutqi Oq uy matbuot xizmati tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilingan.
Tramp terrorizm muammosi haqida gapirayotganida kameralar Ivanka Tramp bilan bir qatorda o‘tirgan vazirga qaratilgandi. Bu vaqtda esa Ross qulog‘iga tarjima uchun mo‘ljallangan quloqchin taqqan holda mudrayotganini ko‘rish mumkin.
Shu yilning noyabrida janob Ross 80 yoshga to‘ladi. U Amerika prezidenti ma'muriyatiga kirguniga qadar bank sohasida mehnat qilgan, biznes bilan shug‘ullangan va investitsiya jamg‘armalari bilan hamkorlik qilgan.
Mavzuga oid
08:34 / 12.06.2026
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
10:39 / 11.06.2026
Trampning tahdidi ortidan AQSh Eron bo‘ylab yangi zarbalar yo‘lladi
20:52 / 09.06.2026