Yakuniga yetayotgan haftada Tojikiston madaniyat vazirining CNN telekanali materialida ibn Sinoning özbek deyilganiga ğazablanişi muhokama böldi. Qozoğistonda kriminal avtoritet Yovvoyi Arman qamalgan bölsa, Qirğiziston qonunçilari serhaşam töy qilganlarni jazolamoqçi. Turkmanistonda esa prezident va uning oilasi suratlari bor gazetalarni bölar-bölmas işlarga işlatmaslik belgilandi.
Tojikiston madaniyat vaziri CNN’dan norozi
Tojikiston madaniyat vaziri Matlubaxon Sattoriyon Abu Ali ibn Sinoning tojik ekaniga da’vo qilib, CNN e’lon qilgan materialdan jahli çiqdi. Vazirga köra, bu haqiqatni buzib körsatiş. CNN materialiga diplomatik, lekin qat’iy munosabat bildiriş lozim, deydi vazir. Tarixiy manbalarni e’tiborsiz qoldirib, tojik xalqining ilm-fan va adabiyot daholarini hamda adabiy merosimizni boşqa millatga özlaştiriş holatlari kuzatilmoqda. Bu, afsuski, köplab bahs-munozaralarga sabab bölyapti, deya qöşimça qiladi Tojikiston hukumati a’zosi.
U tojik olimlari va ziyolilarini “milliy madaniyat va adabiyot öğrilariga” rad etib bölmas dalillarga tayanib, munosib javob qaytarişga çaqirdi. Bu nafaqat tojik xalqi, balki butun jahon fors adabiyoti tarixi va madaniyatini tahqirlaşdir. Işonçim komilki, bunga fors madaniy-adabiy doirasiga mansub mamlakatlar olimlari va tarixçilari, albatta, munosabat bildiradilar, dedi Matlubaxon Sattoriyon. Vazir Özbekistondan emas, balki uşbu telekanalda jahli çiqqanini yumşoq qilib aytib ötgan. Bu qöşni davlat rasmiy bayonoti emas, şunçaki tarixiy faktlarga asoslanmagan telekanal materialidir, deydi u.
CNN ibn Sino haqida material tayyorlab, uni özbek deya taniştirgan. Materialda örta asr mutafakkir olimi Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobi, yaxşi uyqu va zulukning foydalari haqida yozib qoldirgan fikrlari töğrisida söz borgan. Tojikiston vazirining gap-sözlariga Özbekiston rasmiy hukumati biror nima degani yöq. Çunki ikki davlat bugun aloqalarining eng yaxşi davrida yaşamoqda, ortiqça gap ortiqça.
Lekin Özbekiston şa’niga aytilgan gaplarga javob qaytarişda faol bölganlar buni javobsiz qoldirmadi. Masalan, «Yuksaliş» raisi Bobur Bekmurodov fikriça, ibn Sino merosi butun mintaqa va dunyoga tegişli. Bahslar emas, hamkorlik muhim, deydi deputat. Şu narsani eslatib ötiş kerakki, ibn Sino yaşagan XI asrda na Özbekiston, na Tojikiston nomi bölmagan. Olim Ğaznaviylar davlati boşqaruvida bölgan Movarounnahrda yaşagan.
Turkmanistonda prezident va oilasi rasmlari bor gazetalar e’zozda
Turkmanistonda prezident surati tuşirilgan gazetalarni bemaqsad işlatiş taqiqlandi. Endi qöşni davlat fuqarolari bunday gazetalarni hojatxona qoğozi sifatida işlatolmaydi. Ma’lum bölişiça, hukumat davlat naşrlari ustidan nazoratni kuçaytirişga qaror qilgan. Bu haqida bir neçta xorijiy naşrlar xabar berdi.
Qayd qilinişiça, davlat xodimlari va talabalar mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhammedov va uning oila a’zolari surati tuşirilgan «gazeta sahifalarini saqlab qoliş» haqidagi majburiyatni imzolagan.
Mansabdor şaxslardan «rasmli gazeta va jurnallar sahifalarini saqlab qoliş» talab qilingan. Taqiqni buzganlik, masalan, gazetalarni örama sifatida işlatiş, olov yoqiş yoki hojatxona qoğozi sifatida foydalaniş oqibatida fuqarolar işdan böşatib yuborilişi mumkin. Davlat xizmatçilari va talabalar har yili davlat gazeta va jurnallariga obuna bölişga ham majburlanadi.
Eslatib ötamiz, «Çegara bilmas muxbirlar» taşkilotiga köra, Turkmaniston matbuot erkinligi reytingida doimiy ravişda oxirgi örinlarda turadi. 2024 yilda mamlakat 180 mamlakat içida 175-örinni egalladi.
Yovvoyi Arman 20 yilga kesildi
Qozoğistonlik kriminal avtoritet, Yovvoyi Arman laqabi bilan tanilgan Arman Jumageldiyev Olmaota sudining hukmi bilan 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U yanvar voqealari taşkilotçiligida hamda jinoiy guruh tuzişda ayblanmoqda. Unga homiylik qilgan Qozoğiston MXQ sobiq xodimi esa 15,5 yilga qamaldi.
Sud xujjatlariga tayanib, mahalliy OAV tarqatgan xabarga köra, Milliy xavfsizlik qömitasi xodimi Ruslan Iskaqov köp yillar davomida Arman Jumageldiyevning uyuşgan jinoiy guruhini himoya qilib kelgan. Hatto u bilan raqobatlaşadigan guruhlarni yöq qilgan. Sobiq MXQ xodimi Arman Jumageldiyevning «psixologik jihatdan barqaror qörqmas sportçilar»dan uyuşgan jinoiy guruh tuzişga köndirgan.
Jumageldiyev 2017 yildan boşlab Turkiyadan turib guruhni boşqarib kelgan hamda yanvar voqealaridan 1 oy oldin, 2021 yil dekabrda Qozoğistonga qaytib kelgan.
Sudda aytilişiça, 7 yanvarga kelib tartibsizliklar uyuştiriş rejasi barbod bölganini bilgaç, Armanning guruhi simulyatsiyaga ötadi. Ya’ni ommaviy tartibsizliklarda qatnaşgan aholini qölga olib, «jazolagan». Bu topşiriqlarni unga Milliy xavfsizlik qömitasi raisining sobiq örinbosari Ruslan Iskaqov berib kelgan.
Olmaota sudi 2022 yil yanvar voqealari böyiça «Yovvoyi Arman» nomi bilan tanilgan Arman Jumageldiyevga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum qiliş böyiça hukm çiqardi.
27 yanvar kuni bölib ötgan sud jarayoniga jamoatçilik va matbuotga kiriş imkoni berilmagan hamda yopiq eşiklar ortida ötkazildi. OAV vakillariga sud zalini onlayn kuzatişga ruxsat berildi.
«Yovvoyi Arman» va unga aloqador şaxslar 2024 yilning fevral oyida Olmaota va Çimkent şaharlarida qölga olingan edi. Qozoğiston hukumati Jumageldiyevni yanvar oyidagi namoyişlar yetakçilaridan biri deb atagan.
Japarov Tojikiston bilan çegara masalasini 2 yilda töliq yopadi
Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov qöşni Tojikiston bilan çegara masalasi yaqin 1-2 yil içida hal bölişini aytdi.
Siyosatçining sözlariga köra, çegara masalasi deyarli hal bölgan. Hozirda hujjatlarni rasmiylaştiriş böyiça ikki tomonlama işlar olib borilmoqda.
“Bu işlar yakunlangaç, hukumatlararo komissiyalar, keyin esa taşqi işlar vazirlari imzo qöyadi. Söng kelişuv ikki mamlakat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinadi. Şundan söng hujjatni biz, ikki mamlakat prezidentlari imzolaymiz. Keyin notalar almaşinuvi bölib ötadi. 1-2 yil demarkatsiya işlari olib boriladi. Şundan keyingina jarayon töliq yakunlanadi. Eng muhimi, ikki tomonlama kelişuvga erişdik”, dedi Qirğiziston prezidenti.
Japarov çegara nizolarini hal qilişda faqat bir tomon manfaatlari inobatga olinmasligini aytdi.
“Qaror faqat ikkala tomon manfaatlari hisobga olingan taqdirdagina qabul qilinadi. Çegaralarimiz uzunligi ming kilometrga yaqin. Köpgina uçastkalarda bahsli hududlar mavjud edi. Ba’zi hollarda bu maydonlar teng taqsimlangan. Bundan taşqari, bizda şaxmat taxtasidek joylaşgan, aralaş uylardan iborat çegaradoş qişloqlar bor. Bu masalani ham hal etdik. Aks holda çegarani qöriqlaş har ikki tomon uçun katta noqulayliklar keltirib çiqargan bölardi.
Agar bizning tomonimizda Tojikiston fuqarolariga tegişli uylar bölsa, Tojikiston tomoni ularni köçiradi. Agar uylarimiz ularning tomonida bölsa, fuqarolarimizni köçiramiz. Ularga boşqa joyda uylar qurib beramiz, bunda yer maydonlarining ölçamlari inobatga olinadi. Şunday qilib, masalalar har bir metr yerni hisobga olgan holda hal qilingan. Demarkatsiya işlari boşlanganidan söng töliq ma’lumot taqdim etiladi”, dedi siyosatçi.
Eslatib ötamiz, Tojikiston va Qirğiziston örtasidagi umumiy çegarani belgilaş böyiça muzokaralar 2002 yilda boşlangan. 2022 yilgaça ular muntazam bölmagan va uzoq tanaffuslar bilan ötkazilgan. Öşa paytda çegaraning 972 kilometr umumiy uzunligidan tomonlar atigi 50 foizdan sal köproğini aniqlay olgandi.
Qirğizistonda serhaşam töyçilar jazolanişi mumkin
Qirğizistonda töy va dafn marosimlarida ortiqça xarajat qilganlar 100 ming somdan 300 ming somgaça (ya’ni salkam 15 million sömdan 45 million sömgaça) jarimaga tortilişi mumkin. Jogorku Keneş qonun loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.
Gap “An’analar, marosimlar va tantanalarni ötkazişda isrofgarçilikni çeklaş töğrisida”gi va “Qoidabuzarliklar töğrisidagi kodeksga özgartişlar kiritiş haqida”gi qonun loyihalari haqida ketmoqda. Deputatlar Zamirbek Mamasodiqov, Şairbek Taşiyev qonun loyihalari taşabbuskorlari hisoblanadi.
Qonunçilar loyihaning maqsadi an’analar, marosimlar va tantanalarni ötkazişda ortiqça sarf-xarajatlarni çeklaş ekanini aytmoqda.
Huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksga yangi modda kiritiş taklif etilyapti. Unda oilaviy tantanalar va urf-odatlarni ötkazişda ijtimoiy manfaatlarni ta’minlaş qoidalarini buziş haqida söz boradi. Tantanani taşkil qilgan odam ham, uni ötkazişga rozi bölgan restoran yoki umumiy ovqatlaniş muassasasi egasi ham jarimaga tortiladi. Dafn va xotirlaş marosimlarini taşkil etiş hamda ötkazişda isrofgarçilikka yöl qöyganlar ham jarimadan çetda qolmaydi.
Turkmaniston taşqi işlar vaziri Toşkentga kelib ketdi
Yakuniga yetayotgan hafta davomida Özbekiston va Turkmaniston taşqi işlar vazirlari körişib, muzokara ötkazdi hamda ikki muhim hujjatni imzoladi. Muloqot 27 yanvar kuni Toşkentda bölib ötgan, imzolangan hujjatlar esa 2025—2026 yillarga möljallangan qöşma hamkorlik dasturi, şuningdek, şartnomaviy-huquqiy bazani inventarizatsiya qiliş va takomillaştiriş töğrisida protokol.
Bundan taşqari, xalqaro taşkilotlarda bir-birlarining nomzodlarini qöllab-quvvatlaş töğrisida notalar almaşdi. Turkmaniston taşqi işlar vaziri Raşid Meredov şu kuni Şavkat Mirziyoyev qabulida ham böldi.
Imzolangan ikki hujjat nimaga xizmat qilişi xususida esa taşqi işlar vazirligi aniq izohni taqdim etmagan.
Tojik maktablarida öqituvçi yetişmayapti
Tojikiston ta’lim tizimi öqituvçilarga muhtoj, yana 4 ming pedagog kerak. Hozirdanoq maktablarda 300 ga yaqin öqituvçiga ehtiyoj bor. Davlat ta’lim tizimiga umuman 4301 nafar öqituvçi kerak, deydi Tojikiston ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda 31 yanvar kungi matbuot anjumanida.
Ayniqsa, respublikaga böysunuvçi şahar va tumanlardagi maktablarda öqituvçilarning yetişmovçiligi yaqqol sezilmoqda. Poytaxt Duşanbeda kadrlar taqçilligi yöq. Ammo respublikaga böysunuvçi şahar va tumanlarda 184 nafar, Xatlon viloyatida 65 nafar, Söğd viloyatida ikki nafar öqituvçi yetişmayapti, deydi Saidzoda.
Asia Plus Tajikistan’ning yozişiça, vazir aytgan kadrlar taqsimoti hozir yetişmayotgan 281 örin bilan mos emas. U aytgan sonlar qöşilganda, jami 251 nafar öqituvçi yetmayotgani körinadi, lekin vazir 281 nafar öqituvçi demoqda, tuşunarsiz, deb yozadi naşr.
2024 yil yozgi matbuot anjumanida vazir, şuningdek, ta’lim sohasiga 4301 nafar pedagog kadr kerak, bu 2023 yilga nisbatan 46 kişiga kam ekanini ta’kidlagan. Uning qöşimça qilişiça, ötgan yilning birinçi yarmida, ya’ni 2023-2024 öquv yili tugaganidan keyin 2670 nafar öqituvçi yetişmasligi ma’lum bölgan.
Keyin Ta’lim vazirligi «taqçillik» va öqituvçilarga «ehtiyoj» örtasidagi farqni tuşuntirdi. Kamçilik ma’lum fanlar böyiça öqituvçilarning yetişmasligini anglatadi, ehtiyoj esa öqituvçilarning nafaqaga çiqişi yoki tuğuruq ta’tiliga çiqişi bilan boğliq, ammo ularning darslari vaqtinça boşqa öqituvçilar tomonidan öqitiladi.
Ötgan yili fevral oyida bölib ötgan matbuot anjumanida Rahim Saidzoda 2024 yil boşiga kelib, Tojikiston maktablarida 300 ga yaqin öqituvçi yetişmayotganini aytgan edi.
Vazirning ma’lum qilişiça, 1957 nafar törtinçi va beşinçi kurs talabalari kadrlar taqçilligini bartaraf etiş maqsadida maktablarga işga qabul qilingan.
Afğoniston yanada kambağallaşadi
Prezident Donald Trampning xalqaro yordamlarni töxtatiş qarori – gumanitar qöllovga muhtoj davlatlarning taqdirini savol ostida qoldirdi. Xususan, BMT orqali AQŞning Afğonistonga berayotgan yordami ham söroq ostida. Tolo news gaplaşgan ekspertlarning aytişiça, davlat qoloqlik va qaşşoqlikning yangi, oğirroq bosqiçi ostonasida.
UNICEF Afğonistonda oziq-ovqat xavfsizligi muammosi jiddiylaşib borayotganidan ogohlantirdi. Iqtisodçi ekspertlar mamlakatda qaşşoqlikni kamaytiriş uçun ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli rejalar zarurligini ta’kidlamoqda. 2024 yilda Afğoniston aholisining 32 foizi hamon şoşilinç gumanitar yordamga muhtoj ekani aniqlangan.
Mamlakatda qaşşoqlik va işsizlik ortib borar ekan, Kobul aholisi oilalarini boqiş uçun işga joylaşişi kerakligini aytadi. Ayni paytda muvaqqat Afğoniston Iqtisodiyot vazirligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş va qaşşoqlikni kamaytiriş böyiça fundamental rejalari borligini aytadi, lekin qanday reja ekani noma’lum.
AQŞ senatori Şelly Mur BMT orqali Vaşingtonning afğonlarga yordamini çeklovçi qonun loyihasini taqdim etdi. Unga köra, BMTning Afğonistonga naqd pul körinişidagi yordamlari içida AQŞ mablağlari yöqligini isbotlovçi hujjat berilmaguniça AQŞning taşkilot orqali boşqa yordamlari ham töxtaşi kerak. Global terroristik taşkilotlar ana şu mablağlarni özlaştirib keladi, deydi senator. «Tolibon» vakili, muvaqqat hukumatning Iqtisodiyot vazirligi Amerika pullarisiz ham yaşay olişini aytadi. Vazir örinbosari Abdul Latif Nazariy fikriça, bu qonun loyihasi Afğoniston taraqqiyotini töxtata olmaydi. Aslida bunday yordamlarni siyosiylaştirmaslik kerak.
Şohrux Majidzoda tayyorladi.















