Şavkat Mirziyoyev Malayziya boş vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4–5 fevral kunlari rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Taşrif doirasida Kuala-Lumpur şahrida Anvar Ibrohim bilan ikki tomonlama muzokaralar, Malayziyaning yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuvlar, qöşma biznes forumi va boşqa tadbirlarda közda tutilgan.
Bölajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan Özbekiston-Malayziya döstlik munosabatlarini yanada rivojlantiriş hamda amaliy hamkorlikni, şu jumladan, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, texnologik kooperatsiya, neft-kimyo, elektronika, «yaşil» energetika, «aqlli» qişloq xöjaligi, turizm va boşqa köplab ustuvor yönalişlarda kengaytiriş masalalari örin olgan. Madaniy-gumanitar almaşinuvni faollaştirişga alohida e’tibor qaratiladi.
Yetakçilar xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ham körib çiqadilar.
Sammit yakunida ikki davlat örtasidagi keng kölamli şeriklikni yanada rivojlantirişga qaratilgan qöşma bayonot va salmoqli bitimlar töplami qabul qilinişi rejalaştirilgan.
Taşrif arafasida Malayziyada bir qator muhim tadbirlar ötkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Xususan, yetakçi tahlil markazlari va tadqiqot tuzilmalarining uçraşuvi bölib ötdi. Yaqin kunlarda Özbekistonning turizm salohiyati va madaniy merosi taqdimotlari, ikki mamlakat yetakçi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi va boşqa tadbirlar ötkaziladi.
Ma’lumot uçun, ötgan yilning 17–19 may kunlari Malayziya boş vaziri Anvar Ibrohim Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelgandi.








