Falcon 9 taşuvçi raketasi Starlink global internet tizimi uçun yana 22 ta kiçik ölçamli sun’iy yöldoşni orbitaga olib çiqdi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi xabar berdi.
«22 ta Starlink sun’iy yöldoşlari olib çiqilgani tasdiqlandi», — deyiladi xabarda.
Raketa Kaliforniyaning Vandenberg Kosmik kuçlari bazasidagi SLC-4E start maydonçasidan uçirilgan. Oradan taxminan bir soat ötgaç, sun’iy yöldoşlar taşuvçi raketaning ikkinçi poğonasidan ajralgan.
Parvoz doirasida taşuvçi raketaning 17 marta foydalanilgan poğonasi Tinç okeanidagi Of Course I Still Love You dron platformasiga boşqariluvçan vertikal qönişni amalga oşirgan.
SpaceX kompaniyasi 2019 yildan beri Starlink loyihasi doirasida 7,8 mingdan ortiq şu kabi sun’iy yöldoşlarni uçirgan. Ularning bir qismi buzilgan yoki orbitadan çiqib ketgan. 6,9 mingdan ziyod apparat hozirda orbitada soz holatda.
Eslatib ötamiz, Falcon 9 taşuvçi raketasi 31 dekabr kuni Starlink internet qoplamasi tizimining global tarmoği uçun yana 21 ta sun’iy yöldoşni orbitaga muvaffaqiyatli olib çiqqani töğrisida xabar berilgandi. SpaceX kompaniyasi 2024 yilda 134 ta raketa uçirgan — bu yangi jahon rekordi.








