Suriyaning ötiş davri prezidenti Ahmad aş-Şar’a 2 fevral kuni özining ilk xorijiy safarini amalga oşirib, Ar-Riyod şahriga taşrif buyurdi. U mamlakat valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol-Saud bilan uçraşuv ötkazdi.
«Unga taşqi işlar vaziri Asaad aş-Şibaniy hamrohlik qildi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, valiahd şahzoda va Şar’a Ar-Riyod hamda Damaşq örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni, turli sohalardagi hamkorlikni mustahkamlaş imkoniyatlarini muhokama qilgan. Şuningdek, ular mintaqani rivojlantiriş va bu yönalişda tegişli sa’y-harakatlarni amalga oşiriş masalasiga ham töxtalib ötgan.
Bundan taşqari, tomonlar gumanitar va iqtisodiy hamkorlikni, şuningdek, tinçlik va barqarorlikni saqlaşga qaratilgan qöşma loyihalarni, haqiqiy şeriklikka erişiş uçun energiya, texnologiya, ta’lim va soğliqni saqlaş sohalarida keng kölamli rejalarini muhokama qilgan.
29 yanvar kuni Suriya administratsiyasi rahbari Ahmad aş-Şar’a mamlakatning ötiş davridagi prezidenti sifatida e’lon qilingan edi. Yangi hukumat, şuningdek, oldingi konstitutsiya bekor qilinişi va parlament tarqatib yuborilişini e’lon qildi. Barça xavfsizlik xizmatlari va qurolli tuzilmalar tarqatiladi — ularning örniga fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydigan yangi tuzilma paydo böladi.









