Bering Air aviakompaniyasining bortida ön kişi bölgan samolyoti Alyaska ustidan uçib ötayotganida bedarak yöqoldi, deb xabar beradi CNN.
Qutqaruvçilar Unalaklitadan Nomga uçayotgan samolyotni qidiriş bilan şuğullanmoqda. U bilan aloqa 6 fevral kuni mahalliy vaqt bilan 16:00 larda yöqolgan.
Bering Air aviakompaniyasining Cessna 208 Caravan samolyoti soat 14:37 da havoga kötarilgan. Odatda u yerdan Nomgaça bölgan parvoz bir soatni taşkil etadi. Samolyot uçişni boşlaganidan taxminan 40 daqiqa ötib, u bilan aloqa uzilgan, havo kemasi radarlardan yöqolib qolgan. Bu vaqtda samolyot Norton-Saund körfazi ustidan uçib ötayotgan bölgan.
Samolyot bedarak yöqolganidan keyin u oxirgi marotaba qayd etilgan joyga qutqaruv samolyoti yuborilgan, sohilni qöriqlaş xizmati bölinmalari körfaz sohillarida qidiruv işlarini boşlagan. Qor va muzli yomğir tufayli köruvçanlik yomonlaşgan, şu bois qidiruv işlari qiyinlaşgan.
Avvalroq AQŞda bemorni olib ketayotgan kiçik tibbiy samolyot uylar ustiga qulab tuşgandi. Filadelfiya şahrida qulagan kiçik tibbiy samolyot Meksikaga ketayotgandi. Uning bortida tört nafar ekipaj a’zosi, bir bemor va uning onasi – jami 6 kişi bölgan, ulardan heç biri omon qolmagan.








