Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 8 fevral kuni mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkiya elçisi Olgan Bekarni qabul qildi.

«Turkiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elçisi Olgan Bekar janoblari bilan uçraşuv ötkazdik. Rahbarlarimiz örtasida örnatilgan birodarlik riştalari har bir sohada yaqin hamkorlik uçun eng mustahkam poydevor yaratmoqda», — deb yozadi Baxtiyor Saidov Telegramʼdagi kanaliga.

Şuningdek, Özbekiston—Turkiya qardoşlik munosabatlarini mustahkamlaşga katta hissa qöşgan elçiga samimiy minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.

Eslatib ötamiz, Olgan Bekar 2021 yil 5 mart kuni Özbekiston TIVga Turkiyaning mamlakatdagi elçisi sifatidagi işonç yorliqlari nusxalarini topşirgan edi. Öşa yilning aprelida esa prezident Şavkat Mirziyoyev işonç yorliqlarini qabul qilib olgandi.