Donald Tramp Oq uyga qaytganidan keyin AQŞ çegarasini kesib ötuvçi noqonuniy migrantlar soni 90 foizga kamaydi, deb xabar beradi New York Post.
Qayd etilişiça, fevral oyida çegaraçilar kuniga örtaça 359 nafar migrantni qölga olgan — bu oxirgi 60 yil içidagi eng past körsatkiçdir.
Tramp nazoratni kuçaytiriş uçun çegaraga 1,5 ming harbiyni jalb etgan va Meksika prezidenti Klaudiya Şeynbaum bilan kelişuvga erişgan.
OAV ma’lumotlariga köra, Vaşington Meksika tovarlariga 25 foizli boj joriy etiş bilan tahdid qilganidan keyin mamlakat migrantlar oqimini tutib qoliş uçun 10 ming harbiyni çegaraga yuborgan. Bundan taşqari, Tramp barça boşpana izlovçilar öz maqomi böyiça qarorni Meksika hududida kutişlarini yölga qöyişni rejalaştirmoqda.
Fevral boşidan beri AQŞda mamlakat qonunlarini buzgan noqonuniy migrantlarga qarşi keng kölamli reydlar boşlangan. Natijada, 11 ming kişi qölga olingan bölib, ularning bir qismi harbiy samolyotlarda deportatsiya qilingan.
Jo Bayden boşqaruvi davri bilan taqqoslaganda, AQŞda noqonuniy migrantlar oqimi keskin kamaygan. 2023 yilda çegaraçilar kuniga örtaça 5590 kişini uşlagan bölsa, 2024 yil boşida uşbu körsatkiç 2872 kişini taşkil etgan, hozirda — 369 kişiga tuşgan.
Avvalroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi migrantlar bilan boğliq vaziyatga e’tibor qaratib, AQŞ-Meksika çegarasida favqulodda holat e’lon qilgan va nazorat-ötkaziş punktlarini yopgan edi. Şuningdek, u noqonuniy migrantlar ommaviy deportatsiya qilinişini aytdi. Meksika AQŞ hududiga ötmoqçi bölgan noqonuniy migrantlar uçun asosiy tranzit mamlakati hisoblanadi.








