«Mançester Siti» «Nyukasl»ga qarşi, «Bavariya» «Bayyer» mehmoni. Hafta öyinlari anonsi
|21:33 / 15.02.202513 69217 min
Yevropada bu dam oliş kunlari qiziqarli töqnaşuvlar juda köp. Germaniya va Italiyada mahalliy Klasikolar bölib ötsa, Mançesterda yana Husanovning maydonga tuşişini birgalikda kutamiz. Angliyada yana bir öyin barçaning e’tiboridan çetda qolmasa kerak – mavsumning ikki omadsiz top-klubi kim kuçsiz ekanini aniqlaşadi.
Foto: Getty imagesFoto: Getty images
MANÇeSTeR SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00)
Keça «Çelsi» Braytonda yutqazgaç, kuçli törtlik uçun da’vogarlarda yangi imkoniyat paydo böldi, deyiş mumkin. Ayni paytda 41 tadan oçko töplab, 4-5 örinlarni egallab turgan bu ikki raqibning ğolib bölgani turni 4-örinda yakunlaşi aniq. Durang esa «Bornmut»ni kuçli törtlikka kötarib yuborişi mumkin.
«Mançester Siti» ayniqsa, «Real»ga qarşi omadsiz öyindan keyin vaziyatni önglaşga urinişi tabiiy. Yil boşidagi ğalabalardan söng «Mançester Siti» nihoyat inqirozdan çiqib ketgandek tuyulgan bölsa-da, bu köproq osonroq taqvim tufayli bölsa kerak, zero hozirça kuçliroq raqiblarga qarşi öyinlarda eski muammolar közga taşlanyapti. Ham «Arsenal», ham «Real»ga qarşi öyinda imkoniyat bor berildi, oldinda esa «Nyukasl»dan taşqari, «Real» bilan javob öyini, şuningdek, yana keyingi uç kun içida «Liverpul» va «Tottenhem»ga qarşi uçraşuvlar kutib turibdi.
Mehmonlarning imkoniyatini oşiruvçi yana bir jihat şundaki, «Nyukasl» uşbu mavsumda umuman yevrokuboklarda qatnaşmayapti, demak öyinlarga tayyorgarlik uçun köproq vaqtga ega bölmoqdaki, bu Eddi Hau uslubi uçun juda ahamiyatli faktor. «Mançester Siti» esa yuqorida aytilganidek, uç kun oldin «Real»ga qarşi qiyin öyinda iştirok etdi. Öyin futbolçilarning jismoniy kuçini oliş bilan birgalikda, Griliş, Akanji kabi futbolçilar jarohat tufayli maydonni erta tark etişdi va «Real»ga qarşi öyinni ham ötkazib yuboradigan bölişdi.
Darvoqe, Akanjining jarohati hamyurtimiz Abduqodir Husanovning asosiy tarkib uçun imkoniyatini oşirişi mumkin. Jamoada hammasi bölib tört nafar himoyaçi bor xolos va Pep Gvardiola kelasi haftadagi Çempionlar Ligasini öylaşga majbur. Şu jihatdan Akanji «Real»ga qarşi öynagan öng qanotda Husanovni sinab köriş ehtimoli ham bor. Zero Husanov «Lans»da bu pozitsiyada ham özini körsata olgan. Şuningdek. Nunezni öng qanotga qöygan holda uç markaziy himoyaçili variant ham sinab körilişi mumkin – u holda Husanovda öng markaziy himoyaçi sifatida katta tajriba bor.
«Nyukasl»ga kelsak, Eddi Hau tarkibida eng katta yöqotiş Joalintonning maydonga tuşa olmasligidir. Maydon markazida öz örniga ega bölgan futbolçi kamida yana bir oy şeriklariga yordam bera olmaydi. Şuningdek, «Nyukasl»ning uşbu mavsumda öz maydonidan köra safarda yaxşiroq natija qayd etayotganini ham ta’kidlaş kerak. Jamoa safardagi natijalari böyiça faqat kuçli uçlikdan yomonroq natija körsatgan xolos. Qiziği, «Siti» uy öyinlarida yaxşiroq – Pep şogirdlari bu borada faqat öşa uçlikdan orqada bormoqda.
Birinçi davradagi öyinda 1:1 hisobida durang qayd etilgan. Ammo «Etihad»dagi öyinlarda mehmonlarning ahvoli juda çatoq – APL uçraşuvlarida «Nyukasl» oxirgi marta Mançesterning kök tarafida 25 yil avval ğalaba qozongan. «Siti» şayxlar qöliga ötmasidan oldin örtamiyona jamoa ekanini inobatga olsak, juda qiziq. Durang esa 2006 yilda qayd etilgan. Oxirgi 16 uy uçraşuvida «Mançester Siti» faqat ğalaba qozonib kelyapti, sönggi 6 öyinda esa mehmonlar birorta gol ham ura olişgani yöq.
Mavzuga oid
LATsIO – NAPOLI (15 fevral, 22:00)
«Inter»ning qoldirilgan öyindagi mağlubiyati «Napoli»ga peşqadamlikni saqlab qoliş imkonini taqdim etdi, ammo Konte şogirdlari ham sönggi ikki öyinda durang qayd etayotganini ta’kidlaş joiz. Yevrokubok öyinlari avj pallaga kirayotgani ham endi neapolliklarga qöl keladi, zero jamoa A Seriyadan boşqa musobaqada qatnaşmayapti. Tabiiyki, bu «Inter» va «Atalanta» bilan raqobatda ustunlik beruvçi asosiy faktor sifatida işlaydi. Buning uçun albatta, avvalo «Napoli» öz öyinlarini foydasiga hal qilişi şart.
Bu oson bölmasligi aniq, çunki «Latsio» sönggi yillarda «Napoli» uçun ança noqulay raqibga aylanib qolgani bor gap. Oxirgi beş özaro öyinning 4 tasida rimliklarning qöli baland kelgan va bir öyin durang bilan yakunlangan. Birinçi davradagi uçraşuvda Isaksenning goli evaziga «Latsio» mehmonda uç oçko egasiga aylangan bölsa, ikki oy oldin mamlakat kubogi doirasidagi öyinda «Latsio» öz maydonida 3:1 hisobida ğalaba qozonib, raqibini musobaqadan çiqarib yuborgandi.
Jarohatlarga töxtaladigan bölsak, maydon egalari tarkibida Evra va Vesino şeriklariga yordam bera olişmaydi. Şuningdek, bir paytlar beş yil «Napoli» tarkibida töp surgan Xyusay ham şu oy oxirigaça safdan çiqqan. Antonio Konte esa Leonardo Spinatssola, Matias Olivera va David Nereslarning yordamidan foydalana olmaydi. Uçala futbolçi ham katta ehtimol bilan kelasi oy boşida töliq tiklanişadi.
Agar uslublar haqida töxtaladigan bölsak, bir-biriga biroz teskari jamoalar ekaniga amin bölamiz. Masalan, «Napoli»ning hozirgi peşqadamligi köproq işonçli himoya bilan boğliq. Bu Antonio Kontening barça boşqargan jamoalariga xos xususiyat. Jamoa ligada eng kam gol ötkazib yuborgan, şuningdek, gol ötkazmay yakunlagan uçraşuvlar soni ham eng köp – 12 ta. Rimliklar esa aksinça, köproq hujumdagi körsatkiçlari bilan maqtanişi mumkin. «Latsio» yaratilgan imkoniyatlar, xavfli vaziyatlar böyiça «A Seriya»da kuçli uçlikda bormoqda. Misol uçun darvozaga berilgan aniq zarbalar borasida «Latsio» faqat «Atalanta», «Inter» va «Milan»dan keyingi poğonada turgan bölsa, «Napoli» bu jihatdan hatto kuçli önlikda ham emas. Lukaku, Maktominey kabi futbolçilar asosan vaziyat
BAYYeR – BAVARIYa (15 fevral, 22:30)
Ötgan yilning fevral oyida ham jamoalar Liverkuzenda töqnaş kelgan va aynan öşa uçraşuv çempionlik masalasiga oydinlik kiritgandi. Faqat jamoalarning holati bugungiga nisbatan teskari edi. Öşanda «Bayyer» katta farq bilan «Bavariya»ni ortda qoldirayotgan bölib, 3:0 hisobidagi ğalabadan söng farq yanada oşgan va myunxenliklarda deyarli imkoniyat yöqligi ma’lum bölgandi. Hozirda esa «Bavariya» 8 oçkolik farq bilan oldinda bormoqda va agar uşbu öyinda ğalaba qozonadigan bölsa, masofa 11 oçkoga yetadi va mezbonlarda keyin raqibiga yetib oliş imkoniyati deyarli yöqqa çiqadi. Mabodo «Bayyer» ğalaba qozonib, farqni 5 oçkoga qisqartiradigan bölsa, hali butun intriga oldinda ekanini taxmin qiliş mumkin.
«Bavariya» ğalaba qozonsa, deyapmiz-u, «Bayyer»ni yutiş Germaniyada deyarli imkonsiz holatga kelganini ta’kidlaş kerak. Alonso şogirdlari ötgan mavsumni mağlubiyatsiz yakunlagan bölsa, bu safargisida faqat bir marta «Leypsig»ga yutqazişdi xolos. Ayni paytda jamoaning mağlubiyatsiz seriyasi 19 uçraşuvni taşkil qilmoqda. Töğri, durang ham biroz köp, yettita, aynan şu omil hozirda «Bavariya» bilan jiddiy farq yuzaga kelişiga sabab bölgan. Özar öyinlarni olsak ham, Alonso davrida liverkuzenliklarda yaqqol ustunlikni köriş mumkin – oxirgi beş öyinda uç ğalaba va ikki durang. Birinçi davrada ham, ötgan mavsumda ham Myunxendagi öyinlar durang bilan yakunlangan. Şuningdek bu jamoalar dekabr oyida Germaniya kubogi uçun ham töqnaş kelgandilar. Bu safar «Bayyer» safarda 1:0 hisobida ustun kelgan. Öşa öyinni 17-daqiqadan boşlab mezbonlar bir kişi kam bölib ötkazganini ham ta’kidlaş kerak. Manuel Noyyer maydondan çetlatilgandi.
Yuqorida «Bayyer»ning seriyasi haqida aytdik, «Bavariya» ham sönggi öyinlarda yaxşi formada ekanini e’tirof qiliş lozim. Jamoa barça musobaqalarda oxirgi beş öyinni öz foydasiga hal qildi, Bundesligada esa qatorasiga beş öyinni ğalaba bilan yakunlagan. Faqat bu safar jismoniy tarafdan raqibiga nisbatan muammoga duç kelişi mumkinligini aytiş mumkin. Çunki «Bayyer» Çempionlar Ligasida kuçli sakkizlikdan joy olgani uçun pley-offni çetlab ötdi, «Bavariya» esa «Seltik»ka qarşi öynaşiga töğri keldi. Şotlandiyada nemislar ğalaba qozongan bölişsa-da, öyin mezbonlarning ustunligida ötib, Kompani şogirdlariga oson bölmaganini ta’kidlaş lozim.
TOTTeNHEM – MANÇeSTeR YuNAYTeD (16 fevral, 21:30)
Angliyada top-klublar qatoriga kiradigan, ammo ayni paytda yevrokuboklar zonasidan köra, Çempionşipga tuşirib yuboradigan örinlarga yaqinroq bölgan ikki jamoaning töqnaşuvi. Ammo aytiş kerakki, jamoalar bu holatga turli sabab va omillar tufayli kelişdi.
«Mançester Yunayted» mavsum örtasida murabbiy almaştirgani, buning ustiga Amorim avvalgi hamkasbiga nisbatan butunlay teskari bölgan uslubga ega ekani sababidan aziyat çekmoqda. Futbolçilarning yangi tizimga könikişlari juda oğriqli natijalarga olib kelmoqda va bu hali mavsum oxirigaça davom etişi mumkin. «Tottenhem»ning muammolari esa köproq jarohatlar bilan boğliq. Şunday davrlar böldiki, londonliklar safida darvozabondan boşlab butun himoya çiziği safda bölmadi, «Tottenhem» mavsum örtasida hatto darvozabon sotib olib, darhol uni maydonga tuşirişga ham majbur böldi. Qaysidir jihatdan bu yilgi «Tottenhem»ning muammolari ötgan mavsumdagi «Mançester Yunayted»ni yodga soladi va katta ehtimol bilan londonliklar ham mavsum oxirigaça qiynalişsa kerak. Sababi, göyoki barça muammo tarkibdagi yöqotişlar bilan boğlanadi, rostan ham şunday, ammo qaçonki, hamma tiklanib, tarkib optimal şaklga kelganida ham öyin yaxşilanib qolmaydi. Çunki mavsumning asosiy qismida almaştirişsiz maydonga tuşgan va ba’zida öziniki bölmagan pozitsiyalarni ham yopgan boşqa futbolçilar mavsum oxiriga kelib çarçab qoladilar va yana muammolarga duç kelinadi.
«Tottenhem» va «MYu» bu mavsum uçinçi marta töqnaş keladilar. APL doirasida keçgan öyinda «Old Trafford»da mehmonlar yaqqol ustunlik qilib 3:0 hisobida ğalaba qozongandi. Noyabrda esa jamoalar Liga kubogi çorak finalida töqnaş keldi. Londondagi öyin mezbonlarning 4:3 hisobidagi ğalabasi bilan yakun topdi. Ammo qayd etiş kerakki, bu safar mançesterliklar ança munosib kuraş taqdim etişdi, faqat har ikki tomon himoyaçilari, ayniqsa darvozabonlarning qöpol xatolari tufayli hisob şu körinişga kelgandi. Umuman «MYu» ötgan mavsumda ham «Tottenhem»ni yuta olmagan – Londonda mezbonlar 2:0 hisobida yutgan bölişsa, «Old Trafford»da durang qayd etilgandi.
Jarohatlarga töxtaladigan bölsak, Posteköğli Vikario, Meddison va Udoji kabi futbolçilarning safga qaytganini ma’lum qildi. Ammo bu futbolçilar ilk daqiqalardan maydonga tuşişga qay darajada tayyor ekanliklari söroq ostida. Mehmonlardan esa Lisandro Martinesning jarohati oğir bölib çiqdi va u endi hatto 2025 yilda umuman maydonga tuşa olmasligi mumkin. Bundan taşqari, Ruben Amorim matbuot anjumanida hafta davomida ba’zi futbolçilar kiçik jarohat olgani, yana kimdir kasal bölib qolganini aytdi. Ammo aynan qaysi futbolçilar ekani ma’lum emas. Sönggi ma’lumotlarga qaraganda, 18 yoşli futbolçi Çido Obining ham asosiy tarkib bilan birga şuğullanganini e’tiborga olsak, hujumçilardan birida muammolar paydo bölganini taxmin qiliş mumkin.
Şuningdek, uşbu öyinda mezbonlar safida «Bavariya»dan ijaraga olingan Matyuz Telni kuzatiş ham qiziq bölsa kerak. Yoş hujumçi yanvar oyida «MYu»ga ötişi mumkinligi, hatto Telning özi ham «Tottenhem»dan köra Mançesterni tanlagani haqida xabarlar çiqqandi. Ammo moliyaviy masalalarda tomonlar kelişa olmagaç, futbolçi «Tottenhem» libosini kiygandi. U sönggi öyinlarda maydonga tuşdi va «Aston Villa» darvozasiga gol urişga ham ulgurdi. Tel özini «MYu» rahbarlariga qay tariqa namoyiş qiladi, kuzatiş qiziq jarayon.
YuVeNTUS – INTeR (17 fevralga ötar keçasi, 00:45)
Uşbu mavsumda A Seriyaning eng esda qolarli va qiziqarli öyinlaridan biri aynan uşbu jamoalarning Milanda ötgan birinçi davra uçraşuvi edi, deb bemalol aytiş mumkin. Hisobning özi ham buni isbotlab turadi – 4:4. Har ikki jamoa ham hisobda oldinda borgan, har ikki jamoada irodali ğalaba qozoniş imkoni bölgan, har ikki jamoa yanayam köproq gollar urişi mumkin bölgan jangovar töqnaşuv yakunda durang bilan yakuniga yetgandi. Albatta, u paytda hali «Yuventus» duranglar epidemiyasiga uçramagan, «Inter» bilan öyindagi bu hisob qaysidir ma’noda muxlislarni qoniqtirgani şubhasiz.
Turinliklar şundan söng ham mağlubiyatsiz öyinlarini davom ettirişdi, ayni damda Motta şogirdlarida atigi 1 mağlubiyat bor xolos, ammo köpinça keraksiz bölgan 13 durang ayni damda «Yuventus»ni nari borsa kuçli törtlik uçun da’vogar kilib turibdi xolos. Özi umuman uşbu tur mana şu jihati bilan qiziq – çempionlikka da’vogarlik qilib özaro raqobat qilayotgan ikki jamoa kuçli törtlik uçun kuraşayotgan ikki jamoa mehmoni böladi. Bu ikki öyinda Italiyaning tört asosiy futbol şaharlari bölmiş Turin, Neapol, Rim va Milan özaro töqnaş keladi. Har tomondan olib qaraganda ham mavsumning eng qiziqarli turlardan biri.
Yuqoridagi durangdan oldingi öyinlarni qarasak ham, sönggi paytlarda «Inter»ning ustunligini köramiz – 5 öyinda 2 ğalaba va 3 durang. Turinda ötgan oxirgi ikki uçraşuv bir xil – 1:1 hisobida yakuniga yetgan. Agar «Yuventus»ning uşbu mavsumdagi uy öyinlari statistikasiga qarasak, sezganingizdek, turinliklar biror marta ham mağlubiyatga uçramagan, «Inter» esa safar öyinlarida tengsiz – 12 öyindan 8 ğalaba va bir mağlubiyat.
Jarohatlarga kelsak, mezbonlar tarkibida yöqotişlar köproq. Duglas Luis va Piyer Kalulu deyarli bir xil vaqtda, mart oyining boşlarida safga qaytişadi. Kabai va Bremer esa mavsum oxirigaça safdan çiqişgan. Mehmonlar tarkibida umuman yöqotişlar yöq. Qöşimça intrigalar içida, bir paytlar «Inter» safida futbolçi sifatida Çempionlar Ligasida zafar quçgan Tiyago Mottaning murabbiy sifatida sobiq jamoasiga qarşi bölişi va yana Kolo Muanini ham alohida kuzatiş lozim. Fransiyalik hujumçi Parijda ijara asosida kelgaç, A Seriyada uç öyinda maydonga tuşib, 5 gol urişga ulgurdi.
Yana bir doim alohida e’tiborga olişimiz kerak bölgan jihat, «Yuventus» hafta örtasida PSVga qarşi YeÇL pley-off öyinida maydonga tuşdi va qiyin ğalabaga erişdi, ança kuç sarfladi. Bu paytda esa «Inter»da bemalol dam oliş va Italiya Klasikosiga tayyorgarlik köriş imkoniyatiga ega böldi. Darvoqe, mabodo «Yuventus» niderlandiyaliklarni ortda qoldirib, Çempionlar Ligasida nimçorak finalga çiqadigan bölsa, öşa bosqiçda «Inter»ning raqib böliş ehtimoli ellik foizga teng. «Yuventus»ga yo «Inter» yoki «Arsenal»dan biri raqib bölişi aniq.
BOŞQA ÖYINLAR
15 fevral. Lester – ARSeNAL (17:30), ATALANTA – Kalyari (19:00), Boxum – BORUSSIYa D (19:30), ASTON VILLA – Ipsviç (20:00), Osasuna – ReAL (20:15), ATLeTIKO – Selta (22:30), MILAN – Verona (16 fevralga ötar keçasi, 00:45), Tuluza – PSJ (16 fevralga ötar keçasi, 01:05)
16 fevral. LIVeRPUL – Vulverhempton (19:00), Parma – ROMA (22:00)