AQŞ prezidenti Donald Tramp Ilon Maskni qöllab-quvvatlaş uçun yangi Tesla avtomobili sotib olişini ma’lum qildi.

«Ertaga ertalab Ilon Maskka nisbatan işonç va qöllab-quvvatlov belgisi sifatida mutlaqo yangi Tesla sotib olmoqçiman. Nima uçun u özining ulkan qobiliyatidan Amerikani yana buyuk qilişda foydalanayotgani uçun jazolanişi kerak?» — deb yozadi AQŞ prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmoğiga.

Oldinroq butun Yevropa böylab Tesla avtomobillari savdosi tuşib ketgan edi. Bunga Ilon Maskning Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbarligi lavozimida amalga oşirayotgan harakatlari, şuningdek, Yevropadagi öta öng partiyalarni qöllab-quvvatlayotgani sabab bölmoqda. AQŞ şaharlarida, şuningdek, London, Barselona, Lissabon va Reykyavikda Ilon Maskning Donald Tramp ma’muriyatidagi harakatlariga qarşi noroziliklar bölib ötdi.

Şuningdek, 10 mart kuni Tesla kompaniyasi aksiyalari 15 foizdan köproqqa tuşib ketdi, bu Donald Trampning 2024 yil noyabrida bölib ötgan AQŞ prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonganidan beri erişilgan barça ösiş körsatkiçlarini yöqqa çiqardi.