AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Qöşma Ştatlar va Ukraina Jiddadagi uçraşuvda «muzokaralar jarayoni qanday bölişi»ni muhokama qilgani, şuningdek, «hududiy yon berişlar töğrisida suhbat» olib borilganini ma’lum qildi.
Davlat kotibining ta’kidlaşiça, AQŞ 12 mart kuni «rossiyaliklar bilan aloqa örnatadi». Uning sözlariga köra, AQŞ Rossiyadan ijobiy javob olişga umid bildirmoqda va «rossiyaliklarni barça harbiy harakatlarni töxtatişga çaqiradi».
«Uşbu mojaroning harbiy yeçimi mavjud emas», — deydi Rubio.
AQŞ va Ukraina 11 mart kuni Saudiya Arabistonida muzokaralar olib bordi. Uning yakunida Kiyev Vaşingtonning öt oçişni 30 kunga töxtatiş rejimini joriy etiş taklifiga rozi böldi. Reuters manbalarining ma’lumotlariga köra, Kreml vaqtinçalik sulhga rozi bölmasligi mumkin. RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilişiça, Rossiya Amerika—Ukraina muzokaralari yakuni böyiça berilgan bayonotni «diqqat bilan örganmoqda».
Avvalroq Ğarb maxsus xizmatlari vakillarining Bloomberg agentligiga Vladimir Putin Rossiya—Ukraina uruşini hal etişga bağişlangan muzokaralarda yon bermoqçi emasligi haqida ma’lum qilgandi. Manbalarning sözlariga köra, Putin bosib olingan hududlar, Yevropa tinçlikparvar kuçlarining joylaştirilişi va Ukraina neytraliteti masalalarida murosaga borişga tayyor emas.








