Donald Tramp ma’muriyati Pentagon rasmiylaridan AQŞning Panama kanaliga tösiqsiz kirişini ta’minlaş uçun «işonçli harbiy variantlar» tayyorlaşni söradi. Bunday sörov mamlakatning oliy rahbariyatiga yöllangan «Milliy mudofaa böyiça vaqtinçalik strategik körsatmalar» nomli memorandumida keltirilgan bölib, u AQŞning strategik ustuvorligini tubdan qayta körib çiqişni öz içiga oladi. Bu haqda hujjatni örganib çiqqan CNN telekanali ma’lum qildi.
Memorandumdagi direktivalardan biriga köra, Pentagon «zudlik bilan» «AQŞning harbiy va tijorat maqsadlarida Panama kanali orqali adolatli hamda tösiqsiz foydalanişini ta’minlaş uçun işonçli harbiy variantlarni» taqdim etişi kerak. Memorandumda, şuningdek, AQŞ qurolli kuçlarining «asosiy ustuvor vazifasi» mamlakatni himoya qiliş ekani qayd etilgan bölib, Pentagon har qanday şakldagi bosqinlar, jumladan, noqonuniy ommaviy migratsiya, giyohvand moddalar savdosi, kontrabanda va odam savdosiga qarşi kuraşişga mas’ul. Şuningdek, unda noqonuniy migrantlarni Içki xavfsizlik vazirligi bilan hamkorlikda deportatsiya qiliş töğrisida ham söz boradi.
CNN’ning ta’kidlaşiça, Tramp harbiylarning e’tiborini çegaradagi operatsiyalarga yönaltiriş niyatida ekanini aniq bildirgan va memorandumda bu yangi ma’muriyatning asosiy ustuvor yönalişi sifatida belgilangan.
Oldinroq NBC News Pentagon AQŞning Panamadagi harbiy iştirokini oşiriş ssenariysini körib çiqayotgani töğrisida xabar bergandi. Uşbu çora Trampning Panama kanalini Vaşington nazorati ostiga qaytariş strategiyasini amalga oşirişga qaratilgan. Yuqori martabali amaldorlarga köra, kanalning kuç bilan egallab olinişi Panama hukumatining Qöşma Ştatlar bilan qay darajada hamkorlik qilişga tayyorligi bilan boğliq.
Kanalni «qaytariş» böyiça harbiy ssenariyni işlab çiqiş buyruği jiddiy bahslarni yuzaga keltirişi mumkin. Masalan, ötgan hafta Panama prezidenti Xose Raul Mulino Trampni Kongress qarşisidagi çiqişi davomida yolğon sözlaganlikda aybladi: «Prezident Tramp yana yolğon gapiryapti. Panama kanali qaytariliş jarayonida emas va bu vazir Rubio yoki boşqalar bilan suhbatda muhokama qilgan masala emas», — deb yozgan X ijtimoiy tarmoğiga.
Eslatib ötamiz, 6 fevral kuni Panama prezidenti Xose Raul Mulino va Pentagon rahbari Pit Xegset örtasidagi muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirişga kelişib olgandi








