Rossiya va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp bugun telefon orqali muloqot qiladi. Muloqot Toşkent vaqti bilan soat 18:00 dan 20:00 gaça vaqt oraliğida bölib ötadi. Bu Tramp 20 yanvarda AQŞ prezidenti lavozimiga qaytganidan beri Rossiya va Amerika yetakçilarining ikkinçi rasmiy telefon suhbati böladi. Birinçisi 12 fevralda ötkazilgan, unda Tramp va Putin Rossiyaning Ukraina bilan uruşini töxtatiş böyiça muzokaralarni boşlaşga kelişib olgandi.

Keyin nimalar böldi:

18 fevral kuni Rossiya va AQŞ delegatsiyalari Saudiya Arabistonida uçraşdi. 28 fevral kuni AQŞga taşrif bilan kelgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Oq uyda tinçlik kelişuvi parametrlarini muhokama qiliş çoğida Donald Tramp bilan tortişib qolgandi. Uşbu mojarodan söng AQŞ Ukrainaga barça harbiy yordamni töxtatdi. Yordam bir hafta ötgaç – 11 mart kuni AQŞ va Ukraina delegatsiyasi Saudiya Arabistonida uçraşganidan keyin qayta tiklandi. Uşbu uçraşuvda Ukraina AQŞning Rossiya bilan 30 kunlik öt oçişni töxtatiş taklifiga rozi böldi. Vladimir Putin ham umuman olganda rozi ekani, ammo öt oçişni töxtatiş «uzoq muddatli tinçlikka» olib kelişi va «bu inqirozning asl sabablari»ni bartaraf etişi kerakligini ta’kidladi. 13 mart kuni Putin Moskvada Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uçraşib, sulh parametrlarini muhokama qildi. Aynan Uitkoff ötgan hafta oxirida Tramp va Putin yaqin kunlarda yana qönğiroq qilişini birinçi bölib e’lon qilgandi.

Putin bilan bugungi muloqotdan oldin Tramp Ukraina böyiça tinçlik kelişuvining «köplab elementlari» allaqaçon kelişib olinganini aytdi. «Biz [Rossiya prezidenti bilan] yer, elektr stansiyalari haqida gaplaşamiz. Ammo bularning aksariyati ikkala tomon, Ukraina va Rossiya tomonidan allaqaçon muhokama qilingan. Biz allaqaçon bu haqda gapiryapmiz – muayyan aktivlarni bölişiş haqida», – dedi Tramp 17 mart kuni jurnalistlarga.

Kreml Putin va Tramp muzokaralari mavzusini oşkor qilmayapti