Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva AQŞ Kongressi a’zosi, Özbekiston bilan hamkorlik böyiça parlament kokusi iştirokçisi Kerol Miller bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda u özining Telegramʼdagi kanalida yozib qoldirdi.
Qayd etilişiça, uçraşuvda Özbekiston—AQŞ munosabatlarini yanada mustahkamlaş yuzasidan fikr almaşilgan.
«Ta’lim sohasidagi islohotlar, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytiriş, bu yönalişlarda Kongress bilan hamkorlikni kuçaytiriş masalalariga töxtaldik.
Qizğin suhbat va qöllab-quvvatlov uçun Miller xonimga minnatdorlik bildiraman», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 17 mart kuni Kerol Miller boşçiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi. Uçraşuv davomida iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni, şu jumladan, toğ-kon, sanoat, energetika, qişloq xöjaligi sohalaridagi loyihalarni qöllab-quvvatlaş va ilgari suriş maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratilgan.








