Bu haqda juma kuni naşr qilingan va duşanba kuni Federal Register’da e’lon qilinişi kutilgan rasmiy ma’lumotda aytiladi. Bu qaror Trampning muhojirlikka qarşi keng qamrovli çeklovlarini yanada kuçaytirişi sifatida baholanmoqda, deb yozmoqda Reuters.

Mazkur çora 24 apreldan kuçga kiradi va Jo Bayden ma’muriyati tomonidan berilgan ikki yillik «parol» dasturi — ya’ni AQŞda öz homiylariga ega bölgan muhojirlarga havo yöli orqali kirişga ruxsatni muddatidan oldin töxtatilmoqda.

Respublikaçilar partiyasidan saylangan Donald Tramp prezidentlikka kirişganidan söng noqonuniy muhojirlarni yurtidan çiqariş böyiça faol harakat boşlab yuborgan. U Bayden boşçiligidagi demokratlar ma’muriyati joriy etgan «parol» dasturlari federal qonun çegaralarini buzganini ta’kidlab, ularni bekor qilişga çaqirgan. 20 yanvardagi farmonda ham bu talab qayta tilga olingan.

Tramp 6 mart kuni Ukraina-Rossiya uruşidan qoçib, AQŞga kelgan taxminan 240 ming ukrainalik muhojirga berilgan maqom masalasida «juda yaqin vaqtda» qaror qabul qilişini bildirgan edi. Reuters’ning xabar berişiça, Tramp ma’muriyati ukrainalik muhojirlar maqomini ham aprel oyida bekor qilişni rejalaştirmoqda.

Bayden 2022 yili venesuelaliklar uçun «parol» dasturini joriy etgan va 2023 yili bu imkoniyatni kubaliklar, haitiliklar va nikaragualiklargaça kengaytirgan edi. Bu qaror AQŞ-Meksika çegarasida noqonuniy ötişlar soni ortib borayotgan bir paytda qabul qilingandi. Uşbu tört davlat bilan AQŞ munosabatlari siyosiy va diplomatik jihatdan ança tarang bölib kelgan.

Yangi qarorga köra, huquqiy maqomidan mahrum bölgan yarim milliondan ortiq muhojir endi deportatsiya xavfi ostida qolişi mumkin. Hozirça uşbu muhojirlarning qançasi AQŞda qoliş uçun boşqa qonuniy asosga ega ekani aniq emas.

AQŞ Xavfsizlik departamenti ma’lum qilişiça, «parol» maqomi bekor qilinişi ularni tezkor deportatsiya jarayoni — «ekspress çiqariş yuboriş» tartibiga tuşirişni osonlaştiradi. Yanvarda kuçga kirgan Tramp davri siyosatiga köra, AQŞda ikki yil yoki undan kamroq vaqt bölgan ayrim muhojirlarga nisbatan uşbu tartib qöllanişi mumkin.

Avvalroq AQŞda minglab federal agentlar migrantlarga qarşi kuraşga yuborilişi ma’lum qilingan edi.