Germaniyaning Der Spiegel naşri jurnalistlari AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidagi ayrim yuqori martabali amaldorlarga oid şaxsiy ma’lumotlar oçiq manbalarda mavjud ekanini aniqladi.
Qayd etilişiça, jurnalistlar Instagram, LinkedIn, Dropbox va Signal akkauntlariga boğlangan mobil telefon raqamlar va elektron poçta manzillarini, hatto ayrim holatlarda parollarni ham aniqlaşga muvaffaq bölgan.
Şaxsiy ma’lumotlari oçiq manbalarda tarqalganlar orasida Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols, mudofaa vaziri Pit Hegset, şuningdek, Milliy razvedka boşliği Tulsi Gabbard ham bor. Ularning barçasi The Atlantic boş muharriri Jyeffri Goldberg tasodifan qöşib qöyilgan Signal messenjeridagi maxfiy çatga oid mojaro figurantlari hisoblanadi.
Der Spiegel’ga köra, jurnalistlar aniqlagan ma’lumotlar döst bölmagan davlatlarning razvedka xizmatlari tomonidan öz maqsadlarida foydalanilişi mumkin.
The Atlantic boş muharriri Jyeffri Goldberg 14 mart kuni Tramp ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlari Yamandagi husiylarga zarbalarni muhokama qilgan maxfiy çatga qöşib qöyilganini ma’lum qildi. Çat iştirokçilari orasida vitse-prezident Jyey Di Vens va Pentagon rahbari Pit Hegset ham bölgan.
Milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi Mayk Uols ma’lumotlar sizib ketişi böyiça mas’uliyatni öz zimmasiga olgan — çatni özi oçganini e’lon qilgan. Çatga qöşiliş taklifi Goldbergga Uols nomidan kelgan.
Tramp Uolsni lavozimdan olmasligini ma’lum qilib, jurnalistning maxfiy çatga qöşilib qolişi husiylarga qarşi operatsiyaga heç qanday ta’sir körsatmaganini bildirdi.









