Pitsburg universiteti olimlari Sibir kuydirgisining sönggi bosqiçlarini davolaşda yutuqqa erişib, hujayralarning yakuniy şikastlanişini qaytariş imkoniyatiga ega usulni işlab çiqdi. Tadqiqot natijalari Nature Microbiology ilmiy jurnalida çop etildi.

Qayd etilişiça, tadqiqotçilar ösiş omillari kokteyli Sibir kuydirgisi toksinlari tomonidan şikastlangan hayotiy muhim hujayra yöllarini qayta faollaştira olişini aniqlagan. Uşbu yondaşuv allaqaçon siçqonlar ustida ötkazilgan tajribalarda samaradorligini körsatib, kasallik «qaytmas nuqta»ga yetganidan keyin ham jonzotlarining yaşab qoliş ehtimolini oşirgan.

Mutaxassislarni eng köp taşvişga solayotgan narsa Bacillus anthracis bakteriyasining biologik qurol sifatida qöllaniş ehtimolidir.

«Sibir kuydirgisining ilk belgilari grippga öxşaş bölgani uçun uni aniqlaş qiyin, bu esa köpinça taşxisning keç qöyilişiga olib keladi. Kasallik sönggi bosqiçga ötganida esa zamonaviy davolaş usullari deyarli samarasiz bölib qoladi», — deydi tadqiqot mualliflari.

Tadqiqotçilar Sibir kuydirgisining halokatli toksini asosiy fermentlardan biri MEK’ni inaktivatsiya qilib, muhim hujayra jarayonlarini izdan çiqarişini aniqlagan. Biroq klinik qöllaş uçun tasdiqlangan uçta ösiş omili kombinatsiyasi zararlangan ERK va p38 yöllarining faoliyatini tiklaşga muvaffaq bölgan, bu esa olimlar uçun kutilmagan natijaga aylangan.

Hozirda olimlar jamoasi uşbu usulni insonlar uçun moslaştiriş ustida işlamoqda, çunki turli hujayra tiplari har xil ösiş omillari kombinatsiyasini talab qilişi mumkin.