Grantlarni taqdim etiş va qayta taqsimlaş jarayoni qançalik adolatli ötişi haqida ma’lumot berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari OAV bilan ötgan matbuot anjumanida. Vazir birinçi örinbosari Şohrux Daliyev grantlarni taqdim etiş jarayoni şaffof bölişini ta’kidladi.

Unga köra, buning uçun 9 nafardan kam bölmagan a’zosi bor alohida 3 ta komissiya tuziladi va ular tarkibida jamoatçilik vakillari ham böladi. Nizomda 3 ta komissiya bölişi körsatilgan. 1-akademik özlaştiriş körsatkiçini aniqlaş komissiyasi bölib, u ta’lim grantiga talabgorlarning akademik özlaştiriş körsatkiçini aniqlaş uçun oliygoh rektori tomonidan öquv işlari böyiça prorektor raisligida tuziladi.

2-komissiya ijtimoiy faollikni aniqlaş böyiça bölib, ta’lim grantiga talabgorning ijtimoiy faolligini aniqlaş uçun oliygoh rektori tomonidan va yoşlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy işlar böyiça prorektor raisligida tuziladi.

Maxsus komissiya bu akademik özlaştiriş körsatkiçini aniqlaş böyiça komissiya hamda ijtimoiy faolligini aniqlaş komissiyalarining natijalarini umumlaştirib körib çiqiş uçun oliygoh rektori raisligida taşkil etiladi.

“Öylaymizki, hukumat tomonidan tasdiqlangan nizom asosida oliy ta’lim muassasalarida barça jarayonlar adolatli va şaffof keçadi. Biz buni qat’iy nazoratga olamiz”, - dedi Daliyev.

Vazirlik departament boşliği Abduvali Xoliqov talablarning ijtimoiy faoligini baholaş aniq tizim asosida bölişi va u komissiyalar işini boşlagunça işga tuşişini bildirdi.

“Talabalarning faollik indeksi qilinyapti, bu ham tizim orqali qilinadi. Mana HEMIS’da GPA körsatkiçi aniq, uni heç kim özgartira olmaydi, ijtimoiy faollik böyiça ham indekslar, indikatorlar bilan hisoblanadi va tizimdan tortib olinadi, kimdir uni ruçkada yozmaydi”, - dedi u.

Eslatib ötamiz, hukumatning tegişli qarori bilan Oliy ta’lim taşkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etiş va qayta taqsimlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlangandi. Unga köra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy öquv yilida özlaştiriş körsatkiçi böyiça GPA körsatkiçi 3,5 va undan yuqori bölişi talab etiladi. Özlaştirişi uşbu körsatkiçdan past bölgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalaştirilgan tarzda qayta taqsimlaşda iştirok etişiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti örni vakant qoladi.