Hukumatning tegişli qarori bilan Oliy ta’lim taşkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etiş va qayta taqsimlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga köra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy öquv yilida özlaştiriş körsatkiçi böyiça GPA körsatkiçi 3,5 va undan yuqori bölişi talab etiladi. Özlaştirişi uşbu körsatkiçdan past bölgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalaştirilgan tarzda qayta taqsimlaşda iştirok etişiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti örni vakant qoladi.

Ta’lim grantiga talabgorlar uçun oliy ta’lim taşkilotining rasmiy veb-saytida onlayn röyxatdan ötiş va erişgan yutuqlarini asoslovçi hujjatlarni yuklaş imkoniyati yaratiladi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning özlaştiriş körsatkiçlari mutanosib tarzda 80 balli mezonda baholanadi, bunda GPA körsatkiçini «16» soniga köpaytiriş orqali aniqlanadi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik körsatkiçi 20 balli mezonda baholanadi, bunda baholaş mezoniga asosan hisoblangan natijani «5» soniga böliş orqali aniqlanadi.

Belgilangan ta’lim granti örinlari doirasida tanlov çegarasida bir xil natija körsatgan talabgorlarning akademik özlaştiriş körsatkiçiga ustuvorlik beriladi. Agar özlaştiriş körsatkiçida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uçun özlaştirilgan semestrlarda ötilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari ötkaziladi.

Oliy ta’lim taşkiloti kengaşining qaroriga asosan ta’lim grantini oluvçi talabalar röyxati har yili 25 avgustga qadar oliy ta’lim taşkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Eslatib ötamiz, 2024 yil may oyida «Oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qiliş va davlat buyurtmasini joylaştiriş tizimini takomillaştiriş töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilingandi. Unga köra, 2024-2025 öquv yilidan boşlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir öquv yili uçun ajratilişi belgilangan.