Niderlandiyalik rassom Vinsent Van Gog hayotining sönggi soatlarida çizgan «Daraxt ildizlari» kartinasi bilan boğliq sud jarayonlari yakunlandi, deb xabar beradi Euronews.
Ma’lumotlarga köra, Van Gog «Daraxt ildizlari» kartinasini Parij yaqinidagi buğdoy dalasida öz joniga qasd qilgan kunda çizgan. Over-syur-Uazdagi uşbu joy oradan 130 yildan oşiq vaqt ötib, san’at olamidagi eng qizğin huquqiy mojarolardan birining markaziga aylandi.
2020 yilda Van Gog özining oxirgi kartinasini Over-syur-Uaz qişloğidagi boğda yaratgani aniqlangan. Boğ Dobini köçasidagi 48-uyda istiqomat qiluvçi Jan-Fransua va Elen Serlingerga tegişli. Ular hozirda mazkur hududni san’at ixlosmandlari uçun ekskursiya uyuştiradigan maskanga aylantirgan (u yerga taşrif buyuriş uçun 8 yevro tölaş kerak).
Ammo mer Izabel Mezer uşbu maydon jamoat yölining bir qismi ekanini ta’kidlab, sud jarayonlarini boşlagan. Serlingerlar esa yerni 2013 yilda, uning ahamiyati ma’lum bölişidan ança oldin sotib olganliklarini bildirgan.
Sud 2023 yilda er-xotin foydasiga qaror çiqargan, endi bölsa, Versal apellyatsiya sudi uşbu qarorni tasdiqlab, uzoq yillik bahsga yakun yasadi.
«Vinsent Van Gog kartinasida tasvirlangan daraxt ildizlari joylaşgan qiyalik jamoat yölining bir qismi hisoblanmaydi», — deyiladi sud qarorida.
Qaror e’lon qilinganidan keyin Mezer ijtimoiy tarmoqlarda bunga e’tiroz bildirib, sud jarayonlarini davom ettirişga va’da berdi: «Uşbu ildizlar tovar emas — ular Over aholisiga tegişli».
Niderlandiyalik rassom asarida tasvirlangan daraxt ildizlari Fransiyadagi Van Gog instituti ilmiy direktori Vauter van der Vin tomonidan aniqlangan edi. U kartinada tasvirlangan joy Over-syur-Uaz qişloğining bir çekkasi ekanini payqab qolgan.
Amsterdamdagi Van Gog muzeyi ma’lumotlariga köra, Van Gog «Daraxt ildizlari» ustidagi işini tugangan kun buğdoy dalasiga çiqib, töpponçadan öz köksiga öq uzgan. U oradan ikki kun ötgaç, 1890 yil 29 iyulda vafot etgan.









