Şimoliy Koreyaning 10 nafar askaridan iborat guruh 8 aprel kuni demarkatsiya çiziğini qisqa muddatga kesib ötdi. Bu haqda Janubiy Koreya Ştab boşliqlari birlaşgan qömondonligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, bunga javoban Janubiy Koreya harbiy xizmatçilari bir neça marta ogohlantiruvçi öq uzgan.
Qömondonlik xabariga köra, mazkur hodisa mahalliy vaqt bilan soat 17:00 larda sodir bölgan. Ogohlantiruvçi öqlardan keyin KXDR harbiylari çegaraning özlariga qaraşli qismiga çekingan.
Oxirgi marta bu kabi holat 2024 yil iyunda sodir bölgandi. Öşanda Janubiy Koreya KXDR harbiylari bir oy içida uç marta çegarani buzgani haqida xabar bergan. Janubiy Koreya harbiylarining taxminiça, KXDR askarlari çegarani bexosdan kesib ötgan.
Janubiy Koreya ötgan yilning iyun oyida Şimoliy Koreya bilan çegarada örnatilgan ovoz kuçaytirgiçlar orqali eşittirişlar uzatişni qayta boşlagandi. Bu orqali KXDRning çegaradoş hududlari aholisi Şimoliy Koreya senzurasi nazorati ostida bölmagan yangiliklar va boşqa eşittirişlarni eşitişlari mumkin böladi.









