Şimoliy Koreya askarlari ikki Koreya çegarasini qisqa muddatga kesib ötganidan söng Janubiy Koreya harbiylari ogohlantiruvçi öq uzdi. Bu haqda 11 iyun, seşanba kuni ertalab Janubiy Koreya qurolli kuçlari ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi (ŞBBQ) ma’lumotlariga tayanib, Janubiy Koreyaning «Ryonxap» axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Şimoliy Koreya askarlari guruhi 9 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:30 lar atrofida çegaraning markaziy qismida ikki Koreyani ajratuvçi demilitarizatsiya zonasi doirasidagi demarkatsiya çiziğini kesib ötgan. 

Ovoz kuçaytirgiçlardan ogohlantiriş va ogohlantiruvçi öqlardan söng Şimoliy Koreya harbiylari çegaraning öz tomoniga qaytdi. Şundan söng, ŞBBQ ma’lumotiga köra, «ğayrioddiy faoliyat boşqa» kuzatilmagan.

Ikki Koreya çegarasidagi ovoz kuçaytirgiçlar KXDR propagandasiga qarşi kuraş vositasi sifatida 

Janubiy Koreya 9 iyun kuni Şimoliy Koreya bilan çegarada örnatilgan ovoz kuçaytirgiçlar orqali eşittirişlar uzatişni qayta boşladi, deb xabar berdi Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati. KXDRning çegaradoş hududlari aholisi Şimoliy Koreya senzurasi nazorati ostida bölmagan yangiliklar va boşqa eşittirişlarni eşitişlari mumkin böladi.

Seul rasmiylari bu qarorni Şimoliy Koreyaning davom etayotgan «çiqindi hujumlari»ga javob deb atadi. May oyining oxiridan beri Şimoliy Koreya Janubiy Koreya tomon 1000 dan ortiq şarlarni uçirdi, ularga hojatxona qoğozi, plastik butilkalar, batareykalar, poyabzal qismlari va göng töldirilgan çiqindi qoplari boğlab qöyilgan.

Pxenyan, öz navbatida, bunday havo şarlari uçirilişi Janubiy Koreyaning avvalgi harakatlariga javob ekanligini, u ham KXDRga Kim Çen In rejimiga qarşi kuraşişga çaqiruvçi varaqalar, dollar banknotalari va KXDRda taqiqlangan Janubiy Koreya filmlari hamda pop-musiqasi yozilgan fleşkalar bölgan havo şarlari uçirganini bildirdi.