Ovozlar bir neçta ampluada mavjud bölib, robotlar va yordamçilarga vaziyatga mos ravişda foydalanuvçilar bilan muloqot qiliş imkonini beradi. Misol uçun, ular xizmatlarni samimiy va xuşmuomala ohangda taklif qilişadi, murakkab muammolarni hal qilişda esa vazmin va jiddiy ohangda gapiradilar. Bundan taşqari, ovozlar piçirlab ham gapira oladi. Bu imkoniyat mijoz keçqurun qöllab-quvvatlaş xizmatiga qönğiroq qilganda yoki atrofdagilarni bezovta qilmaslik uçun yordamçiga piçirlab murojaat qilganda juda qöl keladi. Bunday xilma xillik biznesga har qanday vaziyat uçun mos keladigan ovozni tanlaş imkonini beradi.

Yangi ovozlar sun’iy intellekt va maşinali örganiş texnologiyalariga asoslangan Yandex SpeechKit nutqni sintez qiliş va tanib oliş xizmatiga kiradi. Xizmat özbek tili bilan 2023 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda faol rivojlanişda davom etmoqda.

Yandex SpeechKit har qanday kontentni ovozlaştiriş, ilovalar va xizmatlarga ovozli boşqaruv funksiyalarini örnatiş, şuningdek, qönğiroq markazlarini avtomatlaştiriş imkonini beradi. Bu xodimlar yukini yengillaştiradi va biznes xarajatlarini kamaytiradi, şuningdek, mijozlarga xizmat körsatişni tezlaştiradi va yaxşilaydi.

Bunday xizmatlarga bank sohasi, telekommunikatsiya va çakana savdo sohalarida talab yuqori. Özbekiston bozori bu yönalişda faol rivojlanmoqda: biznes raqamlaştirişga intilmoqda, davlat ham bunday taşabbuslarni qöllab-quvvatlamoqda.

“Yandex Cloud bir tomondan, biznesni boşlaş uçun tayyor texnologiyalarni taqdim etadi. Boşqa tomondan, u texnologiyalarni integratsiyalaş va joriy etişga yordam beradigan mahalliy işlab çiquvçi kompaniyalardan iborat hamkorlik tarmoğini yaratadi. Özbekiston bozori uçun yaratilgan Yulduz va Lolaning yangi ovozlari Yandex Cloud tomonidan biznes uçun xizmatlarni rivojlantiriş böyiça qöyilgan ilk qadamlardan biridir”, — deya izohlaydi Yandex Cloud’da nutq texnologiyalarini rivojlantiriş yönalişi rahbari Yelena Belobrova.

Yandex Cloud Özbekistonda biznes uçun 29 aprel kuni birinçi uçraşuvini ötkazadi, uçraşuv davomida nutq texnologiyalarini joriy etiş holatlari bilan örtoqlaşadi va mintaqadagi rejalari haqida sözlab beradi.

Yandex Cloud – ommaviy bulutli platforma bölib, uning yordamida biznes raqamli mahsulotlarni yaratişi va takomillaştirişi, ma’lumotlarni qayta işlaşi, tahlil qilişi va saqlaşi, şuningdek, maşinali örganiş va sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarni joriy etişi mumkin. Yandex Cloud Markaziy Osiyo mintaqasida 2021 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.