Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ONA fondi va Yandex Uzbekistan og‘ir hayotiy vaziyatdagi ayol kurerlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishga tushirdi
ONA fondi va Yandex Uzbekistan og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayol kurerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturni yo‘lga qo‘ydi. Dastur, jumladan, yolg‘iz onalik, og‘ir kasallik yoki ayolning o‘zida, turmush o‘rtog‘ida yoki farzandida nogironlik holatlari kabi vaziyatlarni qamrab oladi. Qo‘llab-quvvatlash formati va hajmi har bir holatdan kelib chiqib, fond tomonidan belgilanadi. Dastur ishtirokchilari kompleks huquqiy va gumanitar yordam olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Foto: Yandex Uzbekistan
Fond har bir murojaat bo‘yicha yordamni individual tarzda tanlaydi – masalan, yuridik maslahat tashkil etish, oziq-ovqat yoki bolalar uchun zarur mahsulotlari xarid qilishda ko‘maklashishi mumkin. Ariza topshirish uchun havola orqali maxsus shaklni to‘ldirish lozim. Murojaat Yandex Go tomonidan 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va talablarga mos kelgan taqdirda, fondga yo‘naltiriladi.
Dasturda Yandex Go ichidagi «Taomlar», «Lavka» yoki «Yetkazib berish» xizmatlari orqali buyurtmalarni bajarayotgan hamda xizmat qoidalarini buzmagan ayol kurerlar ishtirok etishi mumkin. Yolg‘iz ona maqomini, nogironlik yoki og‘ir kasallik holatini tasdiqlash uchun fond tegishli hujjatlarni so‘rashi mumkin. Dastur pilot loyiha shaklida amalga oshirilmoqda.

ONA fondi — nodavlat notijorat tashkilot bo‘lib, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar va bolalarni sifatli tibbiy xizmat, ta’lim va ijtimoiy himoya bilan ta’minlashga ko‘maklashadi. Yandex Uzbekistan uchinchi yildirki, ONA fondini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda: xayriya safarlari va yetkazib berish xizmatlarini taqdim etish, shuningdek, alohida dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish orqali. Jumladan, kompaniya O‘zbekistondan bo‘lgan iqtidorli bakalavriat va magistratura talabalari uchun ta’lim grantlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashdi. Kompaniya hissasi tufayli kontrakt to‘lovlari qoplandi va stipendiyalar ajratildi. 2023 yildan buyon fond faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun jami 357 million so‘m yo‘naltirildi.
«Yandex Uzbekistan imkon qadar ko‘proq insonlarga rivojlanish va daromad topish imkoniyatini yaratishga intiladi. Ushbu missiya doirasida xizmatlarimiz sheriklarning turli ehtiyojlariga moslashtirib borilmoqda. Masalan, Taksi xizmati kar va eshitish qobiliyati cheklangan haydovchilar uchun ulanish va o‘qitishdan tortib, yo‘lovchilar bilan o‘zaro muloqotgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. Amaldagi loyihalar va instrumentlarga qo‘shimcha ravishda, biz ayol kurerlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishga tushirdik — u murakkab hayotiy bosqichni yengilroq yengib o‘tish uchun tayanch bo‘lishga qaratilgan», — dedi Yandex Uzbekistan strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Sardor Qodirov.
Mavzuga oid
19:00 / 20.11.2025
Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova haqidagi “Diyora. Nozik yo‘l” xujjatli filmi yaratildi
15:00 / 23.10.2025
Yandex Uzbekistan kompaniyalar va tadbirkorlar uchun Yandex 360 virtual ofisini AI-funksiyalar bilan ishga tushirdi
12:00 / 22.10.2025
Yandex Uzbekistan barqaror rivojlanish sohasidagi natijalarini taqdim etdi
18:00 / 23.09.2025