Rossiya va AQŞ 10 aprel kuni ertalab «ikki davlat örtasidagi işonçni mustahkamlaşning davomi sifatida» Abu-Dabi şahrida mahbuslar almaşinuvini amalga oşirdi, deb xabar beradi The Wall Street Journal.
Rossiya AQŞ va RF fuqarosi Kseniya Karelinani ozod etdi. U Ukrainadagi xayriya taşkilotiga pul ötkazgani uçun davlatga xiyonatda ayblanib, 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Karelinaning himoyaçisi Mixail Muşailov öz mijozi ozodlikka çiqqanini tasdiqlagan.
Öz navbatida, AQŞ Germaniya va Rossiya fuqarosi Artur Petrovni ozod etdi. U 2023 yilda Kiprda AQŞning söroviga köra qölga olingan edi. Petrov AQŞ tomonidan harbiy maqsadlarda foydalanilişi mumkin bölgan mikroelektronika mahsulotlarini noqonuniy eksport qilişda gumonlangan.
Naşr ma’lumotlariga köra, almaşinuv muzokaralarini MRB direktori Jon Retkliff olib borgan. U Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov va Taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin bilan bir neça marta telefon orqali muloqot qilgan.
Retkliff Abu-Dabi aeroportidagi almaşinuvda şaxsan iştirok etgan. «Bugun prezident Tramp Rossiyada noqonuniy ravişda uşlab turilgan yana bir amerikalikni uyiga qaytardi. Bu jarayonda faol qatnaşgan MRB xodimlari bilan faxrlanaman va almaşinuvni taşkil qilgani uçun BAA hukumatiga minnatdorçilik bildiraman», — deydi Retkliff.
FXX ham Rossiya va AQŞ örtasida mahbuslar almaşinuvi amalga oşirilganini tasdiqladi. Rossiya maxsus xizmatining xabarida aytilişiça, ozod etilgan Kseniya Karelina aprel oyida Vladimir Putin farmoni bilan afv etilgan.
Bu Donald Tramp AQŞ prezident lavozimiga kirişganidan beri Moskva va Vaşington örtasida ikkinçi bor mahbuslar almaşinuvidir. Fevralda Rossiya amerikalik öqituvçi Mark Fogelni qamoqdan ozod etgandi. Bunga javoban AQŞ BTC-e kriptobirjasi asosçisi Aleksandr Vinnikini qöyib yuborgan.









