AQŞ Senati iste’fodagi general-leytenant Jon Keynni Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi rahbari lavozimiga ma’qulladi.
Qayd etilişiça, Senatda Keyn nomzodi köpçilik ovoz bilan qöllab-quvvatlangan (60 ta qarşi 25 ta, yana 15 tasi betaraf).
AQŞ Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi lavozimi fevral oyida, Donald Tramp kutilmaganda general Çarlz Braunni lavozimdan olganidan keyin böşab qolgandi. Braun — mazkur lavozimni egallagan tarixdagi ikkinçi afroamerikalik general hisoblanadi.
Çarlz Braunning lavozimdan olinişi prezidentning Qurolli kuçlarda xilma-xillik va tenglikni qöllab-quvvatlovçi qömondonlardan tozalaş kampaniyasi bilan boğliq. Prezident lavozimga kirişgan zahoti Qurolli kuçlarda «xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik» dasturlarini tugatiş töğrisidagi farmonni imzolagan edi.
Avvalroq AQŞ Qurolli kuçlari Kiberqömondonligi va Milliy xavfsizlik agentligi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan general Timoti Xo lavozimdan olingani töğrisida xabar berilgandi.









