AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 12 aprel kuni Eronning «yuqori martabali vakillari» bilan töğridan-töğri muzokaralar ötkazadi. Bu haqda davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, şu kuni Ömonda yadroviy bitim böyiça Eron—Amerika maslahatlaşuvlari bölib ötişi kerak. Tehron muzokaralar bevosita bölmasligini ma’lum qilgandi.

«Uzoq vaqtdan beri birinçi marta maxsus vakil Uitkoff va Eron rahbariyatining yuqori martabali vakillari töğridan-töğri muzokaralar ötkazadi. Ular tinçlikka erişişiga umid qilamiz. Biz Eron heç qaçon yadroviy qurolga ega bölmasligini oçiq-oydin aytdik va öylaşimça, aynan şu uşbu uçraşuvga sabab böldi», — deydi Rubio AQŞ prezidenti kabinetining yiğilişida.

12 aprel kuni Ömonda Eron taşqi işlar vaziri Abbos Araqçi va AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff boşçiligidagi delegatsiyalar muzokara ötkazadi. Uçraşuv haqida gapirgan Donald Tramp muzokaralar töğridan-töğri ötkazilişini e’lon qildi. Eron tomoni esa keyinroq delegatsiyalar alohida xonalarda ötirişini, Ömon diplomatlari esa ular orasida vositaçilik qilişini bildirdi.

Eslatib ötamiz, mart oyida Tramp Eron oliy rahbari oyatullo Ali Xominaiyga maktub yuborib, ikki oy içida yadroviy dastur böyiça yangi kelişuvga erişişni talab qilgan. Xominaiy muzokaralarga vositaçi orqali rozilik bergan. Aroqçiy yakşanba kuni «AQŞ bilan töğridan-töğri muzokaralar Vaşingtonning Tehronga qaratilgan tahdidlarini hisobga olganda befoyda», degan edi.