Qirğizistondagi maxsus kuçlar davlat töntarişining oldi olinganini tasdiqladi. Qozoğistonda göşt narxi keskin qimmatladi, tuxum importiga esa 6 oy tanaffus berildi. Özbekiston va Turkmaniston aholisi şikoyati ortidan Roğun GES qayta tekşiriladi. Tojikistonda endi elektrdan noqonuniy foydalanganlar qamalişi mumkin. AQŞ Afğonistonga oziq-ovqat yordamini töxtatdi, «Tolibon» mavzuni siyosiylaştirmaslikka çaqirdi.

 Qozoğistonda göşt narxi keskin qimmatladi

Qozoğistonda göşt va göşt mahsulotlari narxining sezilarli ösişi qayd etildi. Rasmiylar buni Tojikiston va Özbekistondan talab oşgani bilan izohlamoqda. 2025 yil mart oyi yakunlariga köra, göşt mahsulotlari narxi 2,2 foizga qimmatlaşgan. Bu sönggi uç yildagi eng katta oylik ösiş bölmoqda. Şunga öxşaş ösiş faqat 2022 yil aprel oyida qayd etilgandi.

Ostona şahri aholisi mol göşti uçun 2800 tenge (67 ming söm) tölagan bölsa, hozirda narxlar 3100-3300 tengegaça (taxminan 77 va 82 ming sömga) yetmoqda. Bu körsatkiç Özbekistondagi göşt narxlariga nisbatan ança pastdir.

Tahlilçilarga köra, göşt narxining oyiga 1 foizdan oşişi juda kam uçraydigan holat. Taqqoslaş uçun: 2023 yilda göşt yil davomida 7 foizga, 2024 yilda esa 3,4 foizga qimmatlaşgan. Joriy yilda esa narxlar allaqaçon 5,6 foizga kötarilib böldi.

Keskin ösiş ketma-ket uçinçi oy davom etmoqda. Yanvar oyida göşt 1,1 foizga, fevralda 2,1 foizga, mart oyida esa yana 2,2 foizga qimmatlaşgan. Ayniqsa, mol va qöy göştining narxi keskin oşgan. Mol göşti bir oyda 3,5 foizga qimmatlaşgan — bu 2017 yil fevralidan beri ikkinçi yirik körsatkiçdir. Qöy göşti esa 3,4 foizga oşib, maksimal körsatkiçga yetgan.

Rasmiylar narxlarning oşişini qöşni davlatlar xususan, Tojikiston va Özbekiston tomonidan talabning oşişi bilan izohlamoqda. Şu bilan birga, vazirliklar vakillari içki bozorda göşt mahsulotlari taqçilligi yöqligini, vaziyat vaqt ötişi bilan barqarorlaşişini aytgan. Özbekistonda ham mana uzluksiz göştning narxi oşib kelmoqda.

Qirğizistonda davlat töntarişining oldi olindi

Qirğizistonda davlat töntarişining oldi olindi. Maxsus xizmatlar mamlakatda ommaviy tartibsizliklar uyuştirişga bölgan urinişning oldi olinganini tasdiqlagan. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qömitasiga tayanib qirğiz mahalliy naşri «AKIpress» xabar berdi.