Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimlari yoş yigitni kuç bilan xizmat maşinasiga ötirğizayotgani aks etgan video tarqaldi, kadrlarda xodimlardan biri fuqaroning boşiga urgani köringan.
Davlat Yöl harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda notöğri talqin qilinayotganini bildirdi. Ma’lum bölişiça, holat 11 aprel kuni soat 23:50 larda Toşkent şahrida röy bergan.
Öşa kuni YPX xodimlari davlat raqam belgisisiz, noqonuniy ravişda «migalka» örnatib, ularni yoqib olgan Spark avtomaşinasiga töxtaş işorasini bergan.
Haydovçi xodimlarning körsatmasiga amal qilmasdan, harakatini davom ettirgan. U bir neça bor svetoforning qizil çiroğiga böysunmay harakatlanib, özining va boşqalarning hayotini xavf ostiga qöygan.
Yöl harakati xavfsizligi xizmati e’lon qilgan videoda esa YPX xodimlari tomonidan töxtatilgan haydovçi ogohlantirişga qaramay, transport vositasidan tuşmagani, natijada uning boşqaruvidagi Spark avtomaşinasining old oynasi inspektorlar tomonidan sindirilganini köriş mumkin.
Hozirda haydovçining javobgarlik masalasi körib çiqilmoqda. Şuningdek, YPX xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan.
Avtomaşina esa jarima maydonçasiga joylaştirilgan.
Bundan avvalroq Toşkent şahrida 5 aprel kuni yuqori tezlikda harakatlangan Malibu haydovçisi YPX xodimini “kapot” ustida sudrab ketgani xabar qilingandi.









