AQŞ Oliy sudi Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi (ACLU) da’vosini qabul qildi va hukumatga venesuelalik migrantlarni deportatsiya qilişni vaqtinça taqiqladi. Prezident Donald Tramp ma’muriyati da’voni rad etişni talab qildi.

Venesuelalik migrantlar guruhi AQŞda terrorçilik taşkiloti deya tan olingan «Tren-de-Aragua»ga aloqador ekanlikda ayblanmoqda. Ularni Qöşma Ştatlardan deportatsiya qiliş qarori taşqi duşmanlar töğrisidagi qonun asosida qabul qilingan — u migrantlarni sud qarorisiz mamlakatdan çiqarib yuboriş imkonini beradi. Uşbu qonundan oxirgi marotaba Ikkinçi jahon uruşi vaqtida foydalanilgan.

«Ular [venesuelalik migrantlar] yaqinda Adliya va Içki xavfsizlik vazirliklari tomonidan yaxşilab rejalaştirilgan hamda amalga oşirilgan reydlar davomida hibsga olingan», — deydi Trampning maslahatçisi Stiven Miller.

Qölga olingan venesuelalik migrantlarning barçasi Texasdagi Blubonnet qamoqxonasida saqlanmoqda. Ularning aniq soni noma’lum. ACLU öz da’vosida körsatişiça, deportatsiya töğrisidagi qaror qölga olinganlarning «Tren-de-Aragua» guruhiga aloqasi isbotlanmay turib qabul qilingan.

Eslatib ötamiz, mart oyida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va AQŞ prezidenti Donald Tramp migrantlarni deportatsiya qiliş töğrisida kelişuvga erişgan edi. Venesuelaga repatriatsiya fevral oyida töxtatilgandi, bunga Oq uy rahbari Chevron kompaniyasini Janubiy Amerika davlatida faoliyat yuritiş litsenziyasidan mahrum qilgani sabab bölgan. Öz navbatida Maduro hukumatga AQŞda qölga olingan venesuelalik migrantlar repatriatsiyasi uçun zarur böladigan reyslar sonini oşirişni buyurgan.