Qonuniylaştirilayotgan naşa, tahqirlangan migrantlar va muhokamadagi haj – Markaziy Osiyo hafta içida
|16:30 / 20.04.202512 35111 min
Moskvadagi asosan qirğiz migrantlari bölgan hammomda reyd ötkazilib, organ xodimlari muhojirlarni tahqirladi. Qirğiziston va Rossiya taşqi işlar vazirliklari özaro bayonot almaşmoqda. Qozoğistonda kannabis qonuniylaştirilişi kutilmoqda. Belarusda yaşovçi turkman migrantlarning hujjatlari tekşiriladi. Hajga boriş qoidalari özgardi, tojikistonliklardan xorijiy kompaniyalar xizmatidan foydalanmaslik söralmoqda. «Tolibon» Rossiyadan yöl ta’mirlaşni söradi.
Qirğiziston sobiq prezidentiga hukm öqildi
Qirğiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev 11 yilga ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin edi, biroq u jazodan ozod etilgan. Gap şundaki, ötgan hafta sudda Atamboyev kriminal avtoritet Batukayev işi böyiça aybdor deb topildi, ammo da’vo muddati ötgani tufayli jazodan ozod etildi.
17 aprel kuni Qirğizistonning Bişkek şahrida sobiq prezident Almazbek Atamboyevga nisbatan «qonunga bepisand öğri» deb atalmiş Aziz Batukayevning noqonuniy ozodlikka çiqarilişi bilan boğliq iş böyiça sud hukmi öqildi, deya xabar berdi mahalliy matbuot.
Atamboyev Qirğiziston Jinoyat kodeksining 319-moddasi (korrupsiya) böyiça aybdor deb topilgan.
Aziz Batukayev 2006 yilda koloniyalardan birida ommaviy tartibsizliklar uyuştirganlikda ayblanib, salkam 17 yilga qamalgan edi. Töpolon çoğida deputat Tiniçbek Akmatboyev, Jazolarni ijro etiş boş boşqarmasi boşliği Iqmatulla Pölatov va parlamentning ikki xodimi halok bölgan. 2013 yilda Batukayevga qon saratoni keçki bosqiç taşxisi qöyilgan tibbiy komissiya xulosasidan söng ozodlikka çiqarilgan. U zudlik bilan mamlakatni tark etib, Çeçenistonga, tarixiy vataniga jönab ketgan. Tez orada tibbiy hujjatlar qalbaki ekani ma’lum böldi, ammo Qirğiziston rasmiylari Batukayevning ekstraditsiya qilinişiga erişolmadi.
Almazbek Atamboyev 2011-2017-yillarda Qirğiziston prezidenti lavozimida işlagan, hokimiyat Sooronbay Jyeenbekovga ötganidan keyin ularning munosabatlari yomonlaşgan va Atamboyev muxolifatga ötgan. 2019 yilda uning daxlsizligi olib taşlangan va u bir qança jinoyatlarda ayblandi.
Atamboyev 2020 yil iyun oyida Batukayevni noqonuniy ravişda ozod qilişda aybdor deb topilib, mulkini musodara qiliş va davlat mukofotlaridan mahrum qiliş bilan 11 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi. 2023 yil 13 fevralda Qirğiziston Oliy sudi yangi oçilgan holatlar tufayli hukmni bekor qildi va ertasi kuni Atamboyevga xorijga çiqişga ruxsat berildi.
Mavzuga oid
Qozoğistonda kannabis qonuniylaştirilişi mumkin
Qozoğistonda sanoatda foydalaniş uçun texnik kannabis yetiştirişni qonuniylaştiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqida mahalliy matbuot davlat içki işlar vazirligiga tayanib xabar bermoqda. Yangilik faqat tarkibida yuqori miqdorda giyohvand moddalar bölmagan texnik kannabisga taalluqli. U qonunçilik darajasida qat’iy tartibga solinadi.
Taklif etilayotgan özgarişlarga köra, sanoat miqyosida yetiştiriş uçun kannabis tarkibidagi asosiy psixofaol komponent — tetragidrokannabinol miqdori uçun çegara belgilanadi.
Qozoğiston içki işlar vaziri örinbosari Sanjar Adilovning ta’kidlaşiça, bunday miqdor giyohvandlik ta’sirini keltirib çiqarmaydi, şu sababli noqonuniy muomala uçun qiziqiş ham uyğotmaydi.
Gap faqat sanoatda qayta işlaşga möljallangan texnik kannabis haqida bormoqda. Narkobiznesga qarşi kuraşiş qömitasi törtta litsenziya bergan, ulardan biri Qöstanay viloyatida amalga oşirilmoqda. U yerda tarkibida psixofaol modda bölmagan sanoat kannabisini yetiştiriş va qayta işlaş böyiça işlar olib borilmoqda, deya qöşimça qilgan vazir örinbosari.
Şuningdek, u ekiş va kultivatsiyadan tortib qayta işlaş va tayyor mahsulotga kelgunga bölgan butun jarayon Narkotik jinoyatçilikka qarşi kuraşiş qömitasining qattiq nazorat ostida böladi.
Moskvada qirğiz kişining hammomida migrantlar tahqirlandi
Ötgan hafta Moskvadagi hammomda yarim yalanğoç emaklab yurdirilib, tahqirlangan qirğiz migrantlari videosi Qirğiziston va Rossiya örtasida siyosiy zöriqişni keltirib çiqardi. Qirğiziston taşqi işlar vazirligi Rossiya elçisini çaqirtirib, vaziyatga izoh sörab, elçiga rasmiy nota topşirdi. Unda fuqarolarga nisbatan kuç işlatiş çoralari qöllangani töğrisida ma’lumot taqdim etiş va kuç işlatiş assosiz bölgan taqdirda, buni qilganlarga çora köriş talabi yozilgan.
Qirğiziston TIV örinbosari Almaz Imangaziyev “Qirğiziston—Rossiya ittifoqçilik va strategik şeriklik munosabatlariga putur yetkazişi” mumkin bölgan bunday vaziyatning oldini olişga kömaklaşişni söragan. Rossiya Taşqi işlar vazirligi esa bunday şafqatsiz munosabatni “muhojirlarning huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarşilik körsatgani” bilan izohladi.
Mavjud ma’lumotlarga köra, operatsiya davomida çet el fuqarolari huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarşilik körsatgan. Şu sababli uşbu xorijliklarga nisbatan tegişli çoralar körildi. Bizning xavfsizlik idoralarimiz xodimlari Rossiya qonunçiligiga muvofiq vakolatlar doirasida harakat qilişgan, deya ma’lum qildi Rossiya TIV.
Ta’kidlanişiça, reyd rejali bölib, muayyan mamlakat fuqarolariga qarşi qaratilmagan ekan.
Qirğizistonning inson huquqlari böyiça vakili – ombudsman Jamila Jamanbayeva rossiyalik hamkasbi Tatyana Moskalkova bilan uçraşuv çoğida «Bodrost» hammom majmuasida kuç qöllaş darajasi muvofiqligi borasida öz xavotirini bildirgan.
Kadrlarda huquq-tartibot idoralari xodimlari Qirğiziston fuqarolarini ommaviy ravişda hibsga olayotgani, kuç işlatayotgani aks etgan. Bu qançalik asosli degan savollar paydo bölmoqda, dedi Qirğiziston ombudsmani Jamila Jamanbayeva.
Rossiya ombudsmani esa bunga allaqaçon munosabat bildirganini va uning murojaatidan söng Rossiya prokuraturasi va migratsiya idoralari «Bodrost»da sodir bölgan voqeani tekşirişni boşlaganini ta’kidlagan.
Voqea Rossiya fuqaroligini olgan qirğiz hammomida sodir bölgan. Tarqalgan foto va videolarda kuç tuzilmalari xodimlari niqob kiygan va qöllarida qizil tasma taqqan holda hammomdagi mijozlarni kaltaklayotgani, ularni yerga yuztuban yotqizib, sudralişga yoki tizzalab harakatlanişga majburlayotgani, hatto yotgan odamlar ustidan yurayotgani aks etgan.
Qirğiz tomoni Rossiyadan öz fuqarolarining huquqlarini himoya qiliş böyiça amaliy çoralar körişni va kelajakda bu kabi holatlarga yöl qöymaslikni söragan.
Eslatib ötamiz, Rossiyada ayniqsa Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarga qarşi şovinistik, zöravonlik kayfiyati kuçayib bormoqda. Vaqti-vaqti bilan Davlat dumasi deputatlari bunday muhojirlarni haydab yuborişni taklif qiladi, vazirlik esa buni deputatlarning şaxsiy fikriga yöyadi. Prezidentlar körişganida migrantlarning qonuniy himoyasi haqida bekorga gaplaşmayapti, albatta.
Belarus ham migrantlarni tekşirmoqçi. Ma’lum bölişiça, turkman fuqarolarining mamlakatda böliş qonuniyligini tekşiradi. Bunga turkmanlarning yaşaş hujjatlarini soxtalaştirgani sabab bölgan. Tergov qömitasi ma’lumotlariga köra, 2022 yildan buyon törtta taksi kompaniyasi turkmanlar va boşqa xorijliklarga soxta taklifnomalar va mehnat şartnomalarini sotiş bilan şuğullanib, ular orqali viza, yaşaş uçun ruxsatnoma va boşqa hujjatlarni rasmiylaştirgan. Belarusning BELTA axborot agentligi bu mavzu haqida xabar berdi. Tergov organlari yuzlab Turkmaniston fuqarolarining mamlakatda bölişi qonuniyligini tekşiradi, deb yozadi agentlik. Soxta iş va soxta yaşaş ruxsatnomalari biznesiga muhojirlarning özi ham aralaşgan.
Tergov ma’lumotlariga köra, özlarining taksi kompaniyalariga xorijliklarni yollagan uç Minskli tadbirkorlar qöşimça daromad manbasini öylab topişgan. Ba’zi muhojirlar uçun ular mamlakatga taklifnomalar va mehnat şartnomalarini faqat qoğozda berişgan. «Mijozlar» mamlakatga viza oliş uçun taklifnomalardan, vaqtinçalik yaşaş yoki yaşaş uçun ruxsatnoma oliş uçun şartnomalardan foydalangan, biroq aslida ular bu kompaniyalarda işlamagan.
Hujjatlar uçun dastlabki tölov 150 dollar, taxminan 3000 manat edi.
Çatlarda Belarusga muammosiz kiriş va u yerda "byurokratik qoğozlar"siz yaşaş imkoniyati haqida reklamalar tarqatilgan. Şubhali şaxslar qölga olinib, ularga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Qölga olinganlar 7 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.
Ma’lum qilinişiça, gumonlanuvçilar tergovning aytganini qilmoqda, ularning körsatmasi asosida huquq-tartibot idoralari bu xizmatlardan foydalangan xorijliklarning hujjatlarini tekşiradi. Bir neça yuz kişi bor, aksariyati Turkmaniston fuqarolari. Belarus migratsiya qonunlarini buziş jarima va deportatsiya bilan jazolanadi va agar Turkmaniston fuqarolari ham bila turib soxta rasmiy hujjatlardan foydalanganlikda aybdor deb topilsa, ular ham jinoiy jazoga tortilib, hattoki, bir neça yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Belarusda yaşab işlovçi çet el fuqarolari içida turkmanlar ançagina. Masalan, 2024 yilda turli mamlakatlardan Belarusga qariyb 17 ming kişi işlagani kelgan. Şulardan 2 mingdan ortiği turkmanlar.
«Tolibon» Rossiyadan sovetlar qurgan yölni qayta ta’mirlaşni söradi. Muvaqqat hukumat jamoat işlari vaziri Muhammad Iso Soniy Afğonistondagi Rossiya elçisi Dmitriy Jirnov bilan uçraşuv ötkazgan. Muloqotda sovet muhandislari qurgan, strategik ahamiyatga ega Salang şossesini qayta quriş va u yerda yangi avtomobil yöli uçun tunnel barpo etiş masalasi ham kötarilgan.
Rossiyadan infratuzilma loyihalari uçun zarur bölgan asbob-uskunalar, quriliş texnikasi, materiallar, jumladan bitum va temiryöl tarkibiy qismlari yetkazib beriş borasida fikr almaşilgan, deb yozadi OAV. Afğoniston jamoat işlari vazirligi xabarida kelişiça, Rossiya elçisi öz mamlakatining uşbu sohalarda hamkorlikka tayyor ekanini bildirgan. «Tolibon» delegatsiyasi taşabbuslarni yanada batafsil muhokama qiliş uçun Rossiyaga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, Salang tunneli — Salang dovoni orqali mamlakatning janubiy va şimoliy hududlarini boğlaydigan Afğonistonning eng muhim transport arteriyasidir. U 1958—1964 yillarda sovet muhandislari tomonidan qurilgan va hozirga qadar Afğoniston yöl tizimining asosiy böğini bölib qolmoqda.