Özbekiston prezidentining qarori bilan, Badriddinov Ziyoviddin Bositoviç Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samardorligi milliy agentligi direktori etib tayinlandi.

U 2019 yil oktyabrdan buyon Respublika tovar-xomaşyo birjasi boşqaruvi raisi lavozimida işlab kelayotgandi.

Energiya samaradorligi milliy agentligi Özbekiston prezidentining 2 apreldagi farmoni asosida taşkil etilmoqda.

Agentlikka energiya samaradorligini oşiriş sohasida yagona davlat siyosatini yuritiş, sohada rağbatlantiruvçi va ta’sir etuvçi çoralar işlab çiqiş va tartibga soliş; energiya tejaşdan daromad oluvçi energiya servis kompaniyalari (ESKO) xizmatlari bozorini rivojlantiriş va boşqa vazifalar yuklatilgan.

Asadulla Qayumov / Foto: Raqobat qömitasi

Badriddinovning örniga, tovar-xomaşyo birjasi raisi lavozimiga Qayumov Asadulla Öroloviç tayinlandi. U tayinlovga qadar 2022 yildan buyon Raqobat qömitasi raisining birinçi örinbosari, örinbosari lavozimlarida işlab kelayotgandi.