Şavkat Mirziyoyev Eronning Bandar-Abbos şahridagi Şahid-Rajoiy porti hududida röy bergan portlaş oqibatida köplab insonlar halok bölgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar körilgani munosabati bilan prezident Mas’ud Pizişkiyonga ta’ziya maktubi yölladi.

Özbekiston prezidenti vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda şifo topişini tiladi.

26 aprel, şanba kuni Eron janubidagi Bandar-Abbos şahri hududidagi Şahid-Rajoiy portida kuçli portlaş röy berdi. Sönggi ma’lumotlarga köra, hodisa oqibatida 28 kişi halok bölgan, 1139 kişi turli darajada tan jarohati olgan. IRNA xabariga köra, yana olti kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda, yaralanganlarning köpçiligi oğir ahvolda.

Mamlakat rasmiylari portlagan konteynerlarda aynan nima bölganini oçiqlamayapti. New York Times naşrining Eron islom inqilobi muhofizlari korpusiga aloqador manbasi portda perxlorat natriy solingan konteynerlar portlaganini aytgan. Bu modda qattiq raketa yoqilğisi işlab çiqarişda qöllanadi.