Italiya boş vaziri şu hafta Özbekiston va Qozoğistonda bölib, yakşanba kuni Ostonada sammit ötkazişi kerak edi, biroq Rim papasining vafoti sabab Jorja Meloni taşrifini keçiktirdi. Özbekiston va Qirğiziston «Çaşma» buloği böyiça kelişuvga erişdi. Arqadağ hafta davomida Tojikistondan taşqari barça Markaziy Osiyo davlatlarida böldi. Turkman pomidori esa rus va ozar çegarasidan ötkazilmadi. Pokiston va Eron afğonlarni ommaviy deport qilmoqda.
Qozoğiston Rossiya bilan uruşga tayyorgarlik körayotgani haqida matbuotda şovqin kötarildi
Qozoğiston Rossiya bilan uruşga tayyorlanayotgani haqida ayrim ommaviy axborot vositalarida xabarlar tarqaldi. Respublika Mudofaa vazirligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.
Tarqalgan xabarlarga köra, Qozoğiston göyoki Rossiya bilan çegarada “mojaro yuz berişi ehtimoliga” hududiy mudofaa brigadalarini joylaştirmoqda. Mudofaa vazirligi rasmiy tuşuntiriş berib, “Hududiy mudofaa töğrisida”gi qonun loyihasi faqat Qozoğiston içki xavfsizligini mustahkamlaşga qaratilganini aytdi.
Hududiy mudofaa töğrisidagi qonun loyihasi Qozoğiston milliy xavfsizlik tizimini modernizatsiya qiliş doirasida işlab çiqilgan. Uning maqsadi — içki barqarorlikni ta’minlaş, harbiy holat yoki boşqa favqulodda vaziyatlar şaroitida aholini, infratuzilma obektlarini va hududiy yaxlitlikni himoya qiliş.
Hududiy mudofaa brigadalarini joylaştiriş taşqi tahdidlarga javoban emas, balki hududlarning logistika, geografik va demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oşirilmoqda, deya izoh berdi vazirlik.
Qozoğiston Mudofaa vazirligi qonun loyihasi heç qanday davlatga qarşi qaratilmagani va harbiy tahdidlarga munosabat nuqtayi nazaridan qabul qilinmasligi kerakligini aytdi. 24 aprel kuni prezident Qosim-Jömart Töqayev Xavfsizlik kengaşi sessiyasida Rossiya Qozoğistonning asosiy strategik şerigi va işonçli ittifoqçisi bölib qolayotganini alohida ta’kidladi. Prezident şuningdek, Qozoğistonda millatlararo totuvlikka putur yetkazişga qaratilgan har qanday provokatsiya va iğvolarga qat’iy çek qöyiş zarurligini qöşimça qildi.
«Çaşma» buloği böyiça özbek-qirğiz rahbariyati kelişuvga erişdi
Yana bir muhim yangilik şuki, Özbekiston va Qirğiziston «Çaşma» buloğidan birgalikda foydalaniş böyiça vanihoyat kelişuvga erişdi. Toşkentda 24 aprel kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari Toşiyev raisligida özbek-qirğiz davlat çegarasi muhokamadan ötkazilgan. Muzokaralar davomida bir bayonnoma hamda «Çaşma» buloğidan qanday foydalanişni tasdiqlovçi hujjat imzolangan. Ikki davlat ham «Çaşma» buloği Özbekiston va Qirğiziston xalqlarining umumiy boyligi ekanini tan olgan.
Boş vazir Aripov idorasiga köra, özbek tomoni buloqning uçdan ikki qismidan foydalanişini ta’minlaş hamda manbaning suv resurslari hajmi va sifatiga ta’sir körsatişi mumkin bölgan har qanday xatti-harakatlarni özbek tomoni bilan muvofiqlaştiriş töğrisida kelişuvlarga erişilgan.
Özbekiston va Qirğiziston «Çaşma» buloğidan tölaqonli foydalanişiga tösqinlik qiluvçi har qanday çora-tadbirlarga yöl qöymaslikka kelişib oldi. Qisqa muddat içida bu böyiça yakuniy hujjatlar imzolanadi. Yaxşi qöşniçilik fonida mintaqada territorial va resurslarga borib taqaluvçi muammolarning qolmagani yaxşi. Vaholanki, bu masalalar keyinçalik mojarolarga riçag vazifasini ötamasligi kerak.
Turkman pomidori rus va ozar çegarasida qolib ketdi
Rossiya va Ozarboyjon turkman pomidorini çegaradan ötkazmadi. Rosselxoznadzor va Ozarboyjon oziq-ovqat xavfsizligi agentligi sönggi 8 kun içida turkman pomidorining yirik partiyalarini öz mamlakatlariga kiritmadi.
Rosselxoznadzorning Ural mintaqalararo boşqarmasi ma’lumotlariga köra, 9 tonna pomidor Turkmanistondan 15 aprel kuni Özbekistondan katta partiya bilan bir vaqtda Yekaterinburgga olib kelingan. Har ikki davlat sabzavot xavfsizligini fitosanitariya sertifikatlari bilan tasdiqlagan.
Biroq mahalliy fitosanitariya nazorati partiyalardan olingan namunalarda meva virusini aniqladi. Ozarboyjonda undan ham köproq, 56 tonna pomidor davlatga kiritilmadi. Uşbu pomidorlarni yetkazib beruvçi şirkatlarga mahsulotlarni yöq qiliş buyurilgan. Turkmanistonga esa kasallik tarqagan fermer xöjaligida soğlomlaştiriş tadbirlarini ötkaziş talabi bilan rasmiy xabarnoma yuborildi, deya yozdi Turkmen.news naşri.
Eslatib ötamiz, aprel oyi boşida Rossiyadan Turkmanistonga 36 tonna pomidor qaytarilgan edi. Uşbu pomidorlarda ham meva virusi aniqlangan. Turkmaniston sabzavotini eksport qiliş muammosi bir neça yillardan buyon davom etib kelmoqda. Meva virusi pomidor va qalampirga yuqadi. Virus meva va sabzavotlarning deformatsiyasi, rangi özgarişi va nekrozga olib kelişi mumkin. Virus juda oson tarqaladi va zararlangan ösimliklar yöq qilinmasa, butun plantatsiyaga ta’sir qilişi mumkin. Virus bilan kasallangan sabzavotlar odamlar uçun xavfli emas, ammo import qilingan patogenlar mamlakat içidagi plantatsiyalarga tarqalişi mumkin, şuning uçun eksport qat’iy nazorat qilinadi.
Papa ölimi sabab Meloni safari keçiktirildi
Şu hafta Italiya boş vazirining Özbekiston va Qozoğistonga safari qoldirildi. Rim Papasi Fransiskning uzoq davom etgan kasalligi sabab vafoti ortidan böladigan motam marosimlari munosabati bilan Jorja Meloni Markaziy Osiyoga rejalagan safarlari hamda barça tadbirlarni bekor qildi. U 25-26 aprel kunlari Özbekistonda, 26-27 aprel kunlari esa Qozoğistonda bölişi, ikki davlatga rasmiy safardan taşqari bugun Italiya–Markaziy Osiyo sammitida qatnaşişi kerak edi.
Meloni prezident Mirziyoyevning 2023 yil iyun oyida Italiyaga safari çoğida bu sammitni rivojlantirişni aytgan. 2024 yilda esa Rim şahrida taşqi işlar vazirlari darajasida sammit ötkazilgan, davlat rahbarlari uçraşuvi esa Ostona şahrida, 27 aprel kuniga belgilangandi. Italiya hukumatiga köra, Meloni yaqin kunlarda bu sammitni ötkazişga keladi. Bu şu oy içida ikkinçi bor Yevroittifoq va mintaqa liderlarining oliy darajadagi muloqoti bölardi.
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etganidan söng Italiya hozirgi Yevroittifoqning uç yirik iqtisodiyotga ega davlatlaridan biri. Siyosiy nuqtayi nazardan ham Fransiya, Germaniya va Italiyaning pozitsiyalari umumittifoq kayfiyati va qadamlariga jiddiy ta’sir qiladi. Bugungi Italiya qariyb 2.5 trillion dollar YaIM bilan Yevropadagi ikkinçi yirik işlab çiqaruvçi rivojlangan iqtisodiyotga ega davlat. Italiya dunyoning gigant 20 talik va 7 talik davlatlari yiğilgan – G20 va G7 a’zosi sanaladi. Italiya bugungi Yevroittifoq tuzilişida muhim rol öynagan asosiy 3 davlatdan biri, xalqaro taşkilotlarda ham rasmiy Rim strategik mavqega ega.
Oxirgi 3 yilda Markaziy Osiyoda Özbekiston, Qozoğiston va Tojikiston prezidentlari Italiya taşrif bilan borib, aloqalarni muhokamadan ötkazdi. Ayniqsa, energetika sohasida Rim Markaziy Osiyo bilan hamkorlik istamoqda. Xususan, italyan kompaniyalari Qozoğistonda şamol va quyoş stansiyalarini qurişni rejalagan. Yana bir italyan kompaniyasi esa Tojikistonning Roğun GESi qurilişida faollik körsatmoqda. 2024 yil may oyida Rimdagi taşqi işlari vazirlari sammitida “Örta koridor”, ya’ni Trans-Kaspiy xalqaro transport yönalişi böyiça fikr almaşgan va Italiya moliyaviy qöllab-quvvatlovga tayyorligini bildirgan. Jahon banki prognozlariga köra, 2030 yilga borib Örta yölak orqali olib ötiladigan yuklar hajmi uç barobar ortadi.
Qozoq naşri Ordaning yozişiça, Italiya Xitoyga qaramlikni kamaytirişga harakat qilib, Markaziy Osiyodagi diplomatik izlarini mustahkamlaşga intilmoqda. Italiya ommaviy axborot vositalari esa boş vazirning mintaqaga bölajak taşrifini faol yoritadi.
Geosiyosiy taranglik kuçayib, Yevropa Ittifoqi Rossiya va Xitoy resurslariga boğliqligini kamaytirişga intilayotgan bir paytda Italiya Markaziy Osiyoga asosiy mintaqa sifatida qaraydi. Qozoğistonda mudofaa, raqamli texnologiyalar va yaşil energiya sanoati uçun zarur bölgan materiallar topilganidan söng Rim ayniqsa noyob tuproq metallariga qiziqiş bildirmoqda, deya yozadi Orda naşri.
Yevropa Ittifoqi Rossiyani çetlab ötib, Kavkaz va Kaspiy dengizi orqali Yevropa va Osiyoni boğlaydigan Transkaspiy xalqaro transport yönalişini rivojlantiriş uçun mablağ ajratmoqda. Meloni esa bu taşabbusdan Italiyani Yevropa va Markaziy Osiyo örtasida asosiy vositaçi sifatida körsatiş uçun foydalanmoqçi.
Gurbanguli Berdimuhammedov MO böylab safar ötkazdi, faqat Tojikistonga bormadi
Turkmaniston sobiq prezidenti, hozirgi prezidentning otasi va davlat milliy yetakçisi Gurbanguli Berdimuhammedov Qozoğiston va Qirğizistondan keyin Özbekistonga ham taşrif bilan bölib qaytdi. Biroq Berdimuhammedov Tojikistonga bormadi, mintaqadan faqat Tojikistonga safar yöqligi sababi esa noma’lum. Har davlatda Berdimuhammedov öziga xos hurmat-ehtirom bilan qabul qilindi, oliy darajada kutib jönatildi. Japarov unga haydovçilik qilgan bölsa, Şavkat Mirziyoyev Berdimuhammedivni Samarqandda şaxsan qarşi oldi.
5 may kuni Turkmaniston delegatsiyasi “Markaziy Osiyo – Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik kengaşi” Samarqand sammitida, şu yilning 6-7 sentabr kunlari esa Toşkentdagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi maslahat uçraşuvida iştirok etiş uçun ham keladi. Xalq maslahati raisi Berdimuhammedovga köra, Turkmaniston–Özbekiston çegarasidagi savdo zonasi – «Daşoguz-Şabat» nazorat-ötkaziş punkti hududida Savdo markazining taşkil etilişi savdo aloqalarini rivojlantirişga xizmat qiladi. Uning joriy yilda foydalanişga topşirilişi özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiradi.
Uning qöşimça qilişiça, sönggi yillarda gaz böyiça qöşma loyihalar qilinmoqda. Aşxobod Toşkent bilan kimyo sanoatida ham hamkorlikka tayyorligini bildirgan. Turkmanboşi dengiz portidan foydalaniş mavzusi ham muhokamada bölgan. Jahon transport kompaniyalari va moliya institutlari bu işga jalb qilinişi ham belgilanyapti. Gurbanguli Berdimuhammedov özi bilan qizi Öğiljahonni ham olib kelgan. Unga safar davomida prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi. Turkmanistonda prezident Berdimuhammedovning öğli Sardor bölsa-da, Gurbanguli Berdimuhammedovning siyosiy umri davom etmoqda. Davlat boşqaruvi va dunyo bilan aloqalarda sobiq prezidentning roli kuçli hisoblanadi.
Qirğizistonga polietilen paketlarni olib kiriş taqiqlanişi kutilmoqda
Qirğizistonga qalinligi 20 mikrometr va undan past xarakteristikali polietilen paketlarni olib kiriş yarim yilga taqiqlanişi mumkin. Iqtisodiyot va savdo vazirligi tegişli taklifni ilgari surdi.
Vazirlik tomonidan tegişli qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan. Qalinligi 20 mkm va undan kam bölgan polietilen paketlar işlatilganda ultrabinafşa nurlar va mexanik ta’sirlar ostida degradatsiyaga uçraydi. Bu esa plastik mikrozarraçalar şakllanişiga olib keladi. Bu mikrozarraçalar atrof-muhitda töplanadi va uzoq muddatli ifloslanişga sabab böladi. Ular tana töqimalariga ham kira oladi, bu esa soğliqqa ta’sir körsatadi.
Qalinligi 20 mkm va undan past bölgan polietilen paketlarni qayta işlaş 3-4 baravar köp resurs talab qiladi. Şuning uçun ularni yiğiş va keyinçalik qayta işlaşda boşqa polietilen mahsulotlaridan farqli ölaroq muammolar yuzaga keladi. Şularni hisobga olgan holda, taqiqni joriy etiş yuklamani kamaytirişga, aholi salomatligini saqlaşga va ekologik toza muqobillarni işlab çiqişni rağbatlantirişga yordam beradi.
Vazirlikka köra, plastik qadoqlaş örnini qoğoz, yoğoç, şişa, metall va mato bosişi mumkin. Ammo bu özgariş sanoat sohalarini yangiça işlaşga majbur qiladi, ular bunga tayyorlanişi kerak.
Afğonlar ommaviy ravişda deport qilinmoqda
Pokiston va Eron ommaviy ravişda afğonlarni deport qilmoqda. Hisobotga köra, joriy yilda Erondan ikki million, Pokistondan yana 1,6 milliondan ortiq afğonlar çiqarib yuborilişi kutilmoqda. JSSTning ma’lum qilişiça, aprelning birinçi 10 kunligida 130 mingdan ortiq afğonlar deport qilingan. Bu şaxslar ixtiyoriy-majburiy ravişda qaytib kelişgan, ularning 60 foizi Pokistondan va 40 foizi Erondan kelgan, deya qöşimça qiladi taşkilot. Qaytib kelgan fuqarolarni qabul qiliş, joylaştiriş va ijtimoiy integratsiyaga «Tolibon» hukumati tayyor bölişi kerak. Qabul qiluvçi davlatlar ham xalqaro qonunlar doirasida muhojirlarga insoniy va munosib munosabatda bölişga mas’uldirlar, deydi muhojirlar huquqlari faoli Alirizo Karimiy. BMT Qoçqinlar böyiça Oliy komissarining yordamçisi Rauf Mazou Pokistonning Afğoniston böyiça maxsus vakili Muhammad Sodiq bilan afğon muhojirlarining ahvolini muhokama qilgan.
Migrantlar bilan boğliq muammolar juda köp. 31 mart, belgilangan muddat tugaganidan buyon, ayniqsa, hujjati yöq yoki vizasi muddati ötganlar uçun muammolar oğirlaşdi. Ular qayta murojaat qilişdi, lekin heç qanday yordam olmagan deydi Pokistondagi afğon muhojiri Rezo Saxiy.
«Tolibon» Iqtisodiyot vazirligi xalqaro yordam agentliklarini qaytib kelganlarning muammolarini hal qilişda hamkorlikni kuçaytirişga çaqirdi.







