Fitch Ratings agentligi Toşkent şahrining xorijiy va mahalliy valutadagi uzoq muddatli reytingining «BB-» darajasidagi prognozini e’lon qildi.
Qayd etilişiça, agentlik davlat korxonalari qarzlari va moliyaviy hisobotlarni oşkor qilişda şaffoflikning yetarli emasligi bilan boğliq şartli majburiyatlarning potensial ösişi va assimetrik xatarlarni hisobga olgan holda Toşkentning kreditga layoqatlilik reytingini pasaytirgan.
Poytaxtning xavf profili esa «zaifroq daraja» deya baholangan.
«2024−2028 yillar oraliğida Toşkentning operatsion balans hisobidan qarzga xizmat körsatiş qobiliyati zaiflaşişi mumkin. Bunda daromadlarning prognoz qilinganidan pasayişi, xarajatlarning oşişi yoki qarz yukining köpayişi ehtimoli hisobga olinadi», deyiladi Fitch hisobotida.
Soliq va budjet tizimidagi islohotlar tufayli şaharning daromadlari özgaruvçan bölib qolyapti.
«Yiğiladigan soliqlarning tarkibi va ularning boşqaruv böğinlari örtasida taqsimlanişi markaziy hokimiyat qaroriga köra tez-tez özgarib turadi. 2023 yilda soliqlar şahar daromadlarining 50 foizini, transfertlar esa 33 foizini taşkil etdi. Şahar daromadlarining katta qismi markaziy hukumatga boğliqligi, şuningdek, milliy fiskal tartibga solişga özgartirişlar kiritilişi daromadning mustahkamligini «zaifroq» baholaşga sabab böldi», deyiladi agentlik izohida.
Ta’kidlanişiça, Toşkent şahrining daromadlarni oşiriş imkoniyatlari çeklangan, çunki soliq stavkalari va daromadlarni taqsimlaş markaziy hukumat darajasida belgilanadi.
Şuningdek, poytaxtning daromadlari pasaygan taqdirda xarajatlarni qisqartiriş imkoniyatlari çeklangan, deya baholanyapti. Bunga sarflanayotgan mablağlarning asosiy qismi majburiy tölovlardan iborat ekani sabab sifatida körsatilgan. Mazkur körsatkiç 2023−2024 yillarda xarajatlarning 80 foizdan ortiğini taşkil etgan.
2024−2028 yillarda Toşkentning operatsion balansi yiliga örtaça 1 trln 376 mlrd sömni taşkil etadi, bu 2023 yildagi körsatkiç – 2 trln 233 mlrd sömdan past. Soliq tuşumlarining miqdori esa mahalliy iqtisodiyotning kutilayotgan kötarilişi hisobiga 2028 yilga borib 12 trln 182 mlrd sömgaça ösişi prognoz qilingan.
Ma’lumot uçun, 2019 yilning iyun oyida Fitch Ratings agentligi Toşkentga suveren reyting darajasida «Barqaror» prognozi bilan uzoq muddatli «BB-»reytingini








