Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Toşkentga suveren reyting darajasida “Barqaror” prognozi bilan uzoq muddatli “BB-“ reytingini berdi. Bu haqda Toşkent hokimligi matbuot xizmatida ma'lum qilindi. 

19 iyunda hokimlikda şahar rahbariyatining Fitch Ratings’ning Rossiya/MDH va Qora dengiz mintaqasi böyiça hududiy rahbari Dmitriyev Surkov bilan Toşkentga reyting berilişiga bağişlangan uçraşuvi bölib ötdi.

Bunday baho Toşkent umuman olganda barqaror va ijobiy, istiqbolli moliyaviy vaziyatga ega şahar ekanligini anglatadi.

Toşkentga bunday reyting birinçi marta berilmoqda va uning mavjudligi poytaxtga quyida imkoniyatlarni beradi:

- şahar haqida ma'lumotlar tarqatiş, maqbulroq imij va nom yaratiş;

- yirik korporatsiyalar, moliyaviy tuzilmalar, davlatlar va xalqaro taşkilotlar tomonidan şaharga qiziqiş paydo bölişi hisobiga potensial investorlar doirasini kengaytiriş;

- kreditorlar bilan kredit liniyalari taqdim qiliş şartlarini özgartiriş maqsadida muzokaralar olib borişni yengillaştiriş;

- uzoq muddatli loyihalarni amalga oşiriş moliyaviy şartlarini yengillaştiriş;

- şahar nomzodining biror tanlov, misol uçun, katta kölamli iqtisodiy, madaniy yoki sport tadbirini taşkillaştiriş huquqini oliş uçun imkoniyatlarini oşiriş.

Fitch Ratings AQŞ korporatsiyasi bölib, birinçi navbatda Standard & Poor’s va Moody’s reyting agentliklari bilan bir qatorda uçta eng nufuzli xalqaro reyting agentligidan biri sifatida ma'lum. Fitch Ratings kabi agentlikdan ijobiy reyting oliş investorlar uçun u yoki biznes, şahar yoki davlatning moliyaviy işonçliligi kafolati hisoblanadi.